O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlar berilganligi e’lon qilindi.
Universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga rasmiy diplomlar va esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.
Professor:
— Egamberdiyev Ilxom Ergashevich (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
— Isaqova Zamira Ruxitdinovna (Falsafa fanlari bo‘yicha)
Dotsent:
— Tojiboyev Ilxomjon Usmonovich (Filologiya fanlari bo‘yicha)
— Mansurova Karomatxon Xabibullayevna (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
— Muxammadiyeva Xalima Saidaxmadovna (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
— Ortiqaliyev Akbarmirzo Ismoiljon o‘g‘li (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
— Abdullayev Nuritdin Mashrabayevich (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
Fan doktori (DSc):
— Ismanova Odina To‘lqinbayevna (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
— Abdullayev Zafar Safibullayevich (Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha)
— Mamatkulov Mirzaolim Xaydaraliyevich (Pedagogika fanlari bo‘yicha)
Falsafa doktori (PhD):
— Bannoyev Shokirjon Sharipjonovich (Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha)
Universitet jamoasi nomidan yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!