Bugun, 13-dekabr kuni Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Inamova Sayyora Axmad qizining 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Pedagogika yo‘nalishi talabalariga chet til o‘rgatishda mustaqil ta’limni tashkil etish texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
š³ Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Inamova Sayyora Axmad qiziga Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
ššUniversitetimiz nomidan Sayyora Axmad qizini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati