Iqtidorli talabamiz Vazirlik elchisi

Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yoʻnalishi 3-bosqich talabasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Tursunboyev Xusayn Xabibullo oʻgʻli - Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi "Yosh ekologlar" harakatining Namangan viloyati Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot oʻrnida talabamiz "EkoNur" nomli eko volontyorlar harakatiga asos  solgan boʻlib, harakat doirasida respublika miqiyosida "Eko marafon" loyihasini tashkillab, 1000 dan ortiq talaba-yoshlarga boshlangʻich ekologik bilimlar berib, eko odatlarini shakllantirib kelmoqda. Yuksalish umumilliy harakati tomonidan "Tabiat himoyachisi" mukofoti bilan taqdirlangan.

Universitet jamoamiz nomidan Xusayn Tursunboyevni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image