ATROF-MUHIT TOZALIGI — MAS’ULIYATIMIZ, BURCHIMIZ!

Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakultetining faol, tashabbuskor va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan talabalari hamda tyutorlari tomonidan navbatdagi ekologik xayriya tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir doirasida “Yuksalish” massividagi Tadbirkor MFY hududida atrof-muhitni tozalash, yashil makonni asrash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Mazkur amaliy sa’y-harakatlar nafaqat hududni tartibga keltirish, balki talabalarda ekologik madaniyat, mas’uliyat va tabiatga mehr tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. 

Tadbir davomida chiqindilar yig‘ishtirilib, muhit tozalandi, ko‘chalarda pokiza va qulay atmosfera yaratildi.

 

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image