team

Nazarov Abdug'affor Abdujabborovich

Fakultetda 6 ta yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlanadi: 5120100 (60230100) – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 5120100 (60230100) – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60230700 – Amaliy filologiya, 5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili. Bu yo‘nalishlar kunduzgi va kechki ta’limida jami 1597 nafar talaba tahsil olmoqda.

-  O‘quv-uslubiy va ilmiy sohada;

Fakultetda 2023-2024 yilda reja asosida quyidagi ishlar bajarildi: 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, 33 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan.

Keyingi ikki yilda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash keskin o‘sdi. Turli ilmiy kengashlarda 2023 yildan buyon fakultetning 1 nafar professor-o‘qituvchisi  doktorlik (DSc – Karimova Farida), 5 nafar o‘qituvchi PhD (O.Yuldashev, O.Husanxo‘jayev, O.Ahmadjonov, N.Saidaxmedova, D.Akmalova) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

N.Uluqov rahbarligida onomastik tadqiqotlar maktabi, prof. H.Usmonova rahbarligida pragmalingvistik tadqiqotlar maktabi, f.f.n., prof. K.Nosirov rahbarligida badiiy ijod va tarjima maktabi yuzaga keldi. Talabalar uchun to‘garaklar tashkil qilinib, ularning ilmiy-uslubiy ishlari fakultetda doimiy nashr etib kelinayotgan “Ilm ummonidan qatralar”, “O‘zbek filologiyasining dolzarb amaliy va nazariy masalalari”, “Adabiyot bo‘stoni” to‘plamlari, shuningdek, OAK ro‘yxatidagi jurnallar, konferensiyalar materiallarida e’lon qilib kelinmoqda. K.Nosirov rahbarligidagi "Lirik lahzalar" (“Заветная лира”) Ye.CHjen rahbarligida “Adabiy muhit” (“Литературная среда”) F.Karimova rahbarligida “G‘azalxon qizlar” D.Boboxonova “Notiqli san’ati”  D. Tojiboyeva “Adabiyot bo‘stoni” U.Qo‘ziyev “Yosh ijodkor”, Sh.Nabiyev “Rus tili bilimdonlari”  to‘garaklari  samarali faoliyat yuritadi.

  •  Ma’naviy-ma’rifiy sohada;

  • 80 nafar talabalar hududiy va Respublika miqiyosidagi tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, xususan, O‘zbek tili  yo‘nalishi 1 bosqich talabasi X.Rahimberdiyeva “Doim hilpirab tur, bayrog‘im” insholar Respublika ko‘rik tanlovida  1-o‘rin;

  • Fakultetda talabalarning kasb-hunar,  sport, musiqa va til o‘rganishga oid qiziqishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida ota-onalar kengashi tashkil etilgan. Bu masalalar kurslar kesimida ota-onalar bilan kelishuv asosida olib borilmoqda. Bundan tashqari, Prezident topshirig‘iga binoan o‘rta maktablarda kasbga yo‘naltirish, fan to‘garaklari, kafedra filiallarini ochish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etish maqsadida fakultet qoshida tarjima va tahrir markazi tashkil qilingan, shuningdek, “Mashrab” nashriyoti (jami 6 million), UzChasys MCHJ (jami 3 million) bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida qo‘shimcha mablag‘ jalb etilgan.


Fakultetda quyidagi yo'nalishlari bo'yicha bakalavr tayyorlanadi:

1.      5120100-filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili

2.      5120100- filologiya va tillarni o’qitish: rus tili

3.      5111300-Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o’zga tilli guruhlarda

4.      5112500-O’zga tilli guruhlarda rus tili

5.      5111300-Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o’zga tilli guruhlarda (kechki ta’lim)

6.      5112500-O’zga tilli guruhlarda rus tili (kechki ta’lim)

 

 

Fakultetda quyidagi yo'nalishlari bo'yicha magistrlar tayyorlanadi:

1.    1.5A111301-Ona tili va adabiyoti (rus tili)

2.    5A120102-Lingvistika: o’zbek tili

 

Fakultet kafedralari:

1.

O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedra mudiri. Quziyev Umidjon Yandashaliyevich Filologiya fanlari boyicha falsa doktori (PhD).

2.

O`zbek adabiyotshunosligi kafedrasi. Kafedra mudiri Sulaymanov Muminjon Yusubjonovich Filologiya fanlari nomzodi dotsent.

3.

Rus adabiyotshunosligi kafedrasi. Kafedra mudiri Akramova Elmira Erkinova  kafedra katta o’qituvchisi.

4.

Rus tilshunosligi kafedrasi. Kafedra mudiri Saidova Muxabbat Shukurlaevna Filologiya fanlar nomzodi dotsent

 

Fakultetning qisqacha tarixi:

Fakultet 2020-yilda tashkil etilgan. Fakultetda  1504 nafar talaba va magistrlar tahsil oladi. Hozirgi kunda iqtisodiyot fakultetida 52  nafar professor-o'qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Shundan, fan doktorlari 2 nafar, fan nomzodlari va PhD lar 19 nafar tashkil etadi.

Information

image

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image