team

Melibayev Xayrulla To'xtanazarovich

Markazning asosiy vazifalari

•    Oliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatini xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;
•     “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;
•    NamDUdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;
•    Universitetga tegishli kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qilish;
•    Kompyuter operatorlari ishini nazorat kilish;
•    NamDU kompyuter parkini zamonaviy kompyuterlar hisobiga to‘ldirib(yangilab) borish va mavjud kompyuterlarni muntazam ishchi holatda bo‘lishini ta’minlab borish;
•    NamDUda Internet tarmog‘i, (E-mail) elektron pochta xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qilish;
•    NamDUning nusxa ko‘paytirish qurilmalarinining ishini nazorat qilish, dasturiy ta’mirlash va ko‘rikdan o‘tkazib turilishini nazorat qilish;
•    NamDUning elektron o‘qitish bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlarida hamkorlik qilish hamda elektron o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalar o‘rnatish;
•    NamDU tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘larni ishlab topishda yaqindan yordam berish, kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish, rahbariyat ruxsati asosida AKT sohasida qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan faoliyatlarni amalga oshirish, NamDU nomidan dasturiy mahsulotlar yaratish va sotish;
•    NamDUda axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
•    Axborot xavfsizligi bo‘yicha qonun buzilish holatlarini tahlil qilish(identifikatsiyalashda, axborot makonlaridagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan usullar va vositalarni tahlil qilish);
•    Markaz xodimlarining Vazirlik axborotlashtirish ob’yektlarida oshkor qilib bo‘lmaydigan (konfidensial) ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborotlarni Ish beruvchi ruxsatisiz uchinchi shaxsga bermasligini va axborotni to‘liq saqlanishini o‘z zimmasiga oladi; 
•    Axborot uzatishning zamonaviyligi va haqqoniyligini ta’minlash;
•    Axborot xavfsizligiga ichki va tashqi tahdidlarni aniqlash;
•    Saqlanayotgan hamda aloqa kanallaridan uzatilayotgan ma’lumotlarni ruxsat etilmagan tashriflar, modifikatsiyalar, soxtalashtirishlar va yo‘qotishlardan himoyalash;
•    Operasion tizimlar va ularda ishlatiladigan amaliy dasturlar (amaliy masalalarni yechish uchun) va dasturiy vositalar ishchi holatini nazorat qilish, ish holati buzilganda qayta tiklash;
•    Saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan va aloqa kanallaridan uzatilayotgan tarqalishi cheklangan axborotning tarqalib ketishidan himoyalash;
•    Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar uchun apparat, dasturiy va axborot resurslardan foydalanish imtiyozini berish;
•    Himoyalangan resurs va tarmoq xizmatlari bilan ishlagan foydalanuvchilarni    tizim jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda foydalanuvchining xatti-harakatining to‘g‘riligini ushbu jurnalni davriy tahlili asosida nazoratda ushlash;
•    Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.

 

Information

image

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image