Ijtimoiy fanlar
Barcha O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi Farmoniga muvofiq Namagan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Bu yuksak ishonch institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari, 6,5 mingga yaqin talabalar jamoasi zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklab, ilm sirlarini egallash orqali yosh mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga sidqidildan xizmat qilishga chorladi.
Namangan davlat universitetining tarix fakulteti 1993-yilning 1- sentabridan alohida fakultet sifatida ajralib chiqib, Namangan shahrining eng muhtasham binolaridan biri sobiq Sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga ko‘chib o‘tdi. Shu davrda fakultetda yagona kafedra O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi faoliyat yuritib, 152 nafar talaba tahsil olgan. 1993/1994 va 1994/1995 o‘quv yillarida fakultet salohiyatini kengaytirish maqsadida sharqshunos-tarixchi va sharqshunos-afrikashunos mutaxassisliklariga jami 18 nafar talabalar qabul qilingan. 1994/1995 o‘quv yilidan fakultetda ToshDU (hozirgi O‘zMU)dan taklif etilgan tarix fanlari doktori, professor ustoz Sultonmurod Soliyev rahbarligida Umumiy tarix kafedrasi tashkil etildi. 1994 yilga kelib fakultet boshqaruvi yosh va shijoatli B.Talapovga ishonib topshirildi. Shu sabab universitet rahbariyatining tashabbusi bilan fakultetda 1995/1996 o‘quv yilidan huquqshunos-pedagog yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.Ushbu yo‘nalish 1998/1999 o‘quv yilidan alohida fakultet va mutaxassis tayyorlovchi kafedra sifatida ajralib chiqqan. Huquqshunoslik fakultetni 1998-2002 yillarda t.f.n.B.Talapov boshqargan.
Tarix fakultetida 1997/1998, 2007/2008 o‘quv yilida t.f.n. Q.Asqarov, 1998/2000, 2001/2002 o‘quv yilida t.f.n. G‘. Abdurahmonov, 2002/2005 yillarda t.f.n. A.Pozilov, 2005/2006, 2010/2012 yillarda t.f.n. R.Jo‘rayev, 2006/2007 o‘quv yilida t.f.n. S.Boltaboyev, 2008/2010, 2013/2014 yillarda t.f.n. B.Talapov, 2012/2013 o‘quv yilida t.f.n. B.Tursunov, 2014/2020 o‘quv yillarida t.f.n. N.Dehqonov, 2020/2023-o‘quv yillarida s.f.d. professor R.Jo‘rayev, 2022/2023-o‘quv yilida t.f.n., dotsent B.Mallabayevlar dekanlik lavozimida ishlaganlar. 2023-yil 4-sentabrdan t.f.n., dotsent Sh.Xaydaraliyev dekanlik vazifasida rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultet qoshida 2001-yilga kelib yangi ikki bakalavriat yo‘nalishlari – Ijtimoiy madaniy faoliyat va Milliy g‘oya, huquq va ma’nviyat asoslari ochilgan. 2000/2001 o‘quv yilidan boshlab esa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha magistratura mutaxasisligi bo‘yicha magistralar tayyorlab kelinmoqda.
Tarix fakultet joylashgan binoda 1998-2011 yillarda uchta fakultet faoliyat olib borgan. Dastlab 2003-2006 yillarda Ijtimoiy madaniy faoliyat va Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi alohida ijtimoiy-gumanitar bo‘lim sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa (bo‘lim boshlig‘i R.Soliyev), 2009-2011 yillarda Ijtimoiy-gumanitar fakultet faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 15-avgustdagi buyrug‘i asosida Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tashkil etilgan.
2020-yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb yuritilmoqda.
Fakultetda 60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), 60311000-sotsiologiya, 60220400-arxeologiya va 60320300-arxivshunoslik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr tayyorlanadi.
70220301-Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha), 70230501-Etnografiya, etnologiya va antropologiya, 70220401-Arxeologiya va 70311001-Sotsiologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Hozirda fakultet tarkibida 2 ta kafedra mavjud:
Tarix kafedrasiga 2025-yil 5-martdan Tarix kafedrasiga Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Vaxobov Botirali Mixailovich mudirlik qilmoqda.
2024-yil 11-noyabrdan Ijtimoiy fanlar kafedrasiga sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maxkamov Kodirjon Odiljonovich rahbarlik qilishmoqda.
Missiya va qadriyatlar:
Fakultetning ta'lim, tadqiqot va jamiyatdagi o'rni haqidagi asosiy maqsadlari.
Talabalarga ijtimoiy fanlarni o’qitishda chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish.
Tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Jamiyatda ro‘y berayotgan siyosiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlarni tushunish va baholashga qodir mutaxassislar tayyorlash.
Ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarni o‘rganish (masalan, ijtimoiy tenglik, gender masalalari, siyosiy islohotlar, madaniyatlararo muloqot).
Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida konferensiyalar, seminarlar va loyihalarda ishtirok etish.
Yosh tadqiqotchilar va talabalarni ilmiy faoliyatga jalb qilish.
Fan va ta’lim orqali ijtimoiy barqarorlik, tolerantlik va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qilish.
PhD/DSc dasturlari: Doktorlik darajasiga oid ma'lumotlar.
07.00.01-O‘zbekiston tarixi yo‘nalishida 13 nafar tayanch doktorant
22.00.03-Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi yo‘nalishida 2 nafar tayanch doktorant.
23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar yo‘nalishida 2 nafar tayanch doktorant.
Yo’nalishlar bo’yicha qisqacha ko’rinish
60220300-Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘rnatilgan tartibda o‘qitish, tarixiy tadqiqotlar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari; davlat boshqaruv organlari; davlat muzeylari; notijorat tashkilotlari; tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish markazlarida kompleks masalalarni yechish majmuasini qamrab oladi.
60220400 – arxeologiya – tarix va antropologiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan fan bo‘lib, qadimgi jamiyatlarning moddiy - madaniy yodgorliklarini o‘rganish orqali insoniyat tarixi haqida ilmiy bilimlar hosil qilishga xizmat qiladi. Ushbu yo‘nalish arxeologik qazishmalarni olib borish, topilmalarni tahlil qilish, tarixiy rekonstruksiya qilish hamda madaniy merosni saqlash va targ‘ib qilishga qaratilgan. 60220400 – Arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar dala tadqiqotlari, laboratoriya tahlillari, arxeologik yodgorliklarni dokumentatsiya qilish hamda GIS texnologiyalaridan foydalangan holda tarixiy obidalarni tahlil qilish kabi muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Zamonaviy texnologiyalar, jumladan, geofizik usullar, 3D modellashtirish va raqamli ma’lumotlar bazalaridan foydalanish orqali arxeologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish tizimi takomillashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalish madaniy merosni o‘rganish, asrash va kelajak avlodlarga yetkazishda katta ahamiyatga ega.
60311000 - Sotsiologiya - jamiyat ijtimoiy xayoti, uning sotsial strukturasi, shuningdek, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning faoliyati, turli sotsial vokealar, jarayonlar xamda kishilarning sotsial xulk-atvori qonuniyatlarini butun bir ijtimoiy murakkab tizim sifatida qamrab olib, o‘zining konkret empirik metodlari asosida ularni nazariy va amaliy jixatlarda tadqiq etadi. Mazkur yo‘nalish jamoatchilik fikrini o‘rganish markazlari, ommaviy axborot vositalari, davlat xokimiyat organlari, xuquqni muhofaza qilish organlari, siyosiy partiyalar, marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minot, maxalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ta’lmining davlat va nodavlat muassasalarida yunalishga doir masalalarni yechish masalalarini qamrab oladi.
60320300 - Arxivshunoslik bakalavriat ta’lim yo’nalishi - ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasining tarkibida bo’lib, jamiyat rivojlanishining barcha qirralarini aniq o’rganish, jamiyat istiqbolini belgilash, hujjatshunoslik, tarix sohasini rivojlantirish, kasbiy ko’nikmaga, qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasi bilan bog’lik kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. O’zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida, “O’zarxiv” agentligi tarkibiga bo’ysunuvchi Respublika Milliy arxivi, viloyat, tuman, shaxar arxivlarida va nodavlat arxivlarda joriy ishlarni amalga oshirish; - davlat boshqaruvi organlari idoraviy arxivlarida ishlash; - arxivshunoslik, hujjatshunoslikka doir masalalarni xal etishga doir ilmiy metodlar va modellar ishlab chiqilishi va tadqiq etilishi talab etiladigan hamda zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari qo’llanadigan hizmat ko’rsatish va ish yuritish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, muzeylarda, axborot-resurs markazlarida turli tadbirkorlik subyektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida va shu kabilarda arxiv ishi va hujjatshunoslik ishlarini yuritadi.
Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam: Talabalarga beriladigan imtiyozlar va grantlar haqida ma'lumot.
Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari.
Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Ijtimoiy fanlar fakultetida Teatr studiyasi, fan to’garaklari, Zakovat klubi faoliyat ko'rsatadi.
Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.
O’sh davlat universiteti;
O’sh davlat pedagogika institute;
Qirg’iz-O’zbek xalqaro universiteti;
Qozog’istonning Farobiy nomidagi xalqaro universiteti;
Dekanat
SHUXRATJON XAYDARALIYEV ABDULAZIZOVICH
Lavozimi | Dekan |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
BOTIRJON MALLABAYEV BAXTIYOROVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5120300 - Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) |
2 | 5120400 - Arxeologiya |
3 | 5210100 - Sotsiologiya |
4 | 5220300 - Arxivshunoslik |
5 | 60220300 - Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
6 | 60220400 - Arxeologiya |
7 | 60311000 - Sotsiologiya |
8 | 60320300 - Arxivshunoslik |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A120301 - O‘zbekiston tarixi |
2 | 5A120302 - Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) |
3 | 5A120401 - Arxeologiya |
4 | 70220301 - Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) |
5 | 70220401 - Arxeologiya |
6 | 70230501 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya |
7 | 70311001 - Sotsiologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha) |