Biotexnologiya
Biotexnologiya fakulteti 2019 yilda zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar taraqqiyotiga mos ravishda tashkil etilgan. Fakultetning asosiy maqsadi – biologiya, biotexnologiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini birlashtirgan holda, zamonaviy biotexnologiya sohasida raqobatbardosh, malakali kadrlar tayyorlashdan iborat. Shuningdek, fakultet ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va sanoat bilan uzviy hamkorlikda ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Fakultet tarkibida hozirda 2 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Har bir kafedra o‘z yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv, ilmiy va amaliy ishlarni olib boradi. Ushbu kafedralar orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘lishadi, balki laboratoriya va sanoat amaliyotlari orqali o‘z malakalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Biotexnologiya fakulteti zamonaviy laboratoriyalar, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar va xalqaro hamkorliklar orqali talabalarga sifatli ta’lim berishga asoslangan. Fakultet faoliyatida biologiya, biotexnologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligining turli sohalari kabi yo‘nalishlar alohida o‘rin tutadi.
Missiyamiz:
Biotexnologiya fakultetining bosh maqsadi — ilmiy asoslangan, innovatsion yondashuvlarga ega, mas’uliyat jihatidan faol biolog, qishloq xo‘jalik va biotexnolog-mutaxassislarni tayyorlashdir. Fakultet zamonaviy ta’lim va tadqiqotlar orqali o‘zidagi mavjud sohalarni barqaror rivojlanishishiga intiladi, shuningdek, mamlakatimiz va xalqaro miqyosdagi dolzarb muammolarga amaliy yechimlar taklif etadi.
Asosiy maqsadlarimiz:
- Talabalarga chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish orqali, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
- Fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
- Mahalliy va xalqaro ilmiy hamkorliklarni kengaytirish;
- Biotexnologiyaning turli yo‘nalishlarida (oziq-ovqat, biologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqalar) jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan loyihalarni ilgari surish.
Qadriyatlarimiz:
- Innovatsion fikrlash – doimiy izlanish va yangilikka intilish;
- Sifatli ta’lim – zamonaviy va amaliy bilim berishga sadoqat;
- Ilmiy halollik – barcha ilmiy va o‘quv jarayonlarida axloqiy me’yorlarga amal qilish;
- Jamiyatga xizmat – xalq farovonligi va barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish;
- Hamkorlik – mahalliy va xalqaro miqyosdagi ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirish;
Mavjud ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
T/r |
Bakalavriat dasturlari: |
Ta’lim shakli |
1 |
60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha) |
kunduzgi |
2 |
60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha) |
kechki |
3 |
60710200 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi) kunduzgi ta’lim. |
kunduzgi |
4 |
60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha) |
kunduzgi |
5 |
60812100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
kunduzgi |
6 |
60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish |
kunduzgi |
7 |
60811800 - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik |
kunduzgi |
8 |
60812200 - O‘simlikshunoslik (gulchilik) |
kunduzgi |
9 |
60830100 - Suv bioresurslari va akvakultura |
kunduzgi |
10 |
60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha) |
kechki |
T/r |
Magistratura dasturlari |
Ta’lim shakli |
1 |
70510101-Biologiya (fan yo’nalishi bo’yicha) |
kunduzgi |
T/r |
PhD/DSc dasturlari |
Ta’lim shakli |
1 |
02.00.17. - “Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” |
kunduzgi |
2 |
03.00.05-Botanika |
kunduzgi |
3 |
03.00.06-Zoologiya |
kunduzgi |
- 60710200 - Biotexnologiya (oziq-ovqat, oziqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi) - Biotexnologik usullar yordamida sifatli, ekologik toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqish. Fermentatsiya texnologiyalari asosida sut mahsulotlari, non, pivo, sharbat va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish. Oziq-ovqat mahsulotlarining biologik faolligini oshirish, vitamin va probiotik qo‘shimchalar yaratish vas hu soxada chuqur bilim ko‘nikmalarga ega bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash.
- 60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlar turlari bo‘yicha) - Sifatli va yuqori hosilli qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, turli xil ekinlarni agrotexnologik talablar asosida yetishtirish. Yerning unumdorligini oshirish va hosildorlikni ko‘paytirish uchun ilg‘or agronomik usullardan foydalanish. Dehqonchilik mahsulotlarining ekologik tozaligini saqlash va sifat standartlariga rioya qilish.
- Tuproq unumdorligini oshirish va himoya qilish. Yer degradatsiyasining oldini olish va tuproq unumdorligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish. Mineral va organik o‘g‘itlarni samarali qo‘llash. Ekologik xavfsiz ekin yetishtirish usullarini o‘rganish hamda soha bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash.
- 60812100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini rivojlantirish. Dorivor o‘simliklarning agrotexnologik o‘ziga xosliklarini o‘rganish va ularni sanoat miqyosida yetishtirish. O‘simliklarni ekologik toza va biologik usullarda parvarish qilish. O‘simliklarning tibbiy qiymatini oshirish uchun genetik va seleksiya tadqiqotlarini olib borish.
- Biologik faol moddalarni ajratib olish va qayta ishlash. Dorivor o‘simliklarning ildiz, barg, gul va mevalaridan foydali moddalarni ajratib olish usullarini o‘rganish. Fitokimyoviy ekstraktlar, efir moylari va boshqa biologik faol komponentlarni olish texnologiyalarini rivojlantirish. Dorivor o‘simliklarni farmatsevtika va kosmetika sanoati uchun xomashyo sifatida tayyorlash.
- 60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish yo‘nalishi zamonaviy qishloq xo‘jaligi sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi yil davomida yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan sabzavot, meva va boshqa ekinlarni yetishtirish texnologiyalarini o‘rganish, ekologik toza va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hamda issiqxona tizimlarini samarali boshqarishdan iborat.
- 60811800 - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik - Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik yo‘nalishi qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi meva, sabzavot va uzum mahsulotlarini ilmiy asosda yetishtirish, ularning sifatini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va ekologik toza mahsulotlar yetishtirishga qaratilgan.
- 60812200 - O‘simlikshunoslik (gulchilik) - O‘simlikshunoslik (gulchilik) yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi va landshaft dizayni sohalarida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosiy maqsadi gullarni ilmiy asosda yetishtirish, ularning seleksiyasi, parvarishi, ko‘paytirish texnologiyalarini o‘rganish va landshaft arxitekturasi hamda dekorativ bog‘dorchilikda foydalanishdan iborat.
- 60830100 - Suv bioresurslari va akvakultura - Suv bioresurslari va akvakultura yo‘nalishi suv ekotizimlari, baliqchilik va boshqa suv organizmlarini yetishtirish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, uning asosiy maqsadi suv bioresurslaridan oqilona foydalanish, akvakultura texnologiyalarini rivojlantirish, baliqchilik sanoatini barqaror rivojlantirish va ekologik muvozanatni saqlashdan iborat.
Talabalar uchun ma'lumotlar
Universitetda tahsil olayotgan talabalar uchun turli xil moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari joriy etilgan bo‘lib, ularning o‘qishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, ilmiy faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda yordam ko‘rsatishga qaratilgan.
Davlat stipendiyalari:
- Asosiy stipendiya: Kunduzgi ta’lim shaklida kontraktsiz (davlat granti asosida) o‘qiyotgan barcha talabalarga har oyda davlat tomonidan belgilangan miqdorda stipendiya to‘lanadi.
- Iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar: Ushbu stipendiyalar akademik yutuqlari va ilmiy faoliyati bilan ajralib turadigan talabalar uchun tanlov asosida beriladi.
- Universitet tomonidan tashkil etilgan tanlovlar: Universitet tomonidan tashkil etilgan tanlovlar orqali iqtidorli talabalar qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi.
- Ijtimoiy yordamlar: Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar (yolg‘iz ota-onasiz qolganlar, nogironligi bo‘lganlar, kam ta’minlangan oila farzandlari)ga moddiy yordam va imtiyozlar taqdim etiladi. Uzoq hududlardan kelgan talabalarga yotoqxona joyi ajratiladi va bu borada moliyaviy yengilliklar ko‘zda tutilgan.
- Amaliyot va ish imkoniyatlari: Fakultetning hamkor tashkilotlari va amaliyot joylari. Biotexnologiya fakulteti o‘z talabalarini nafaqat nazariy bilimlar bilan, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham shakllanishiga katta e’tibor qaratadi. Shu sababli, o‘quv jarayonida laboratoriya mashg‘ulotlari va ishlab chiqarish amaliyotlari muhim o‘rin tutadi.
Hamkor tashkilotlar
- Xalq ta’limi boshqarmalari
- Oziq-ovqat sanoati korxonalari (Namangan don MCHJ, Namangan sharbat MCHJ, Namangan Tip-Top, Namangan Coca-Cola, Namangan Nestle MCHJ, Uchqo‘rg‘on Farel MCHJ qo‘shma korxonalari)
- Farmatsevtika kompaniyalari (dori vositalari ishlab chiqarish va sinov laboratoriyalari)
- Qishloq xo‘jaligi va seleksiya markazlari (To‘raqo‘rg‘on tuman “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi”, Namangan viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Uychi tuman Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik uzumchilik sabzavotchilik” ilmiy tatqiqot institutining Namangan tajriba stansiyasi. “Abu Bakr gullari” MChJ (aeroport yo’lidagi gul yetishtirish issiqxonalari), “Namangan gulchilikni rivojlantirish markazi” MChJ
- Ilmiy-tadqiqot institutlari (Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI Namangan ilmiy-tajriba stansiyasi).
Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: O'quv jarayonida foydalaniladigan jihozlar haqida ma'lumot.
Biotexnologiya fakultetida zamonaviy infratuzilma va ilg‘or texnik jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv muhit yaratilgan bo‘lib, bu talabalar va tadqiqotchilar uchun chuqur amaliy bilimlarni egallash imkonini beradi.
Fakultetda quyidagi yo‘nalishlarga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriyalar faoliyat yuritadi:
- -Algologiya
- -Akvakultura
- -Noananaviy xom ashyolardan sukat ishlab chiqarish
- -Biologiya hamda Qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari uchun labaratoriyalar
Tadbirlar va ma’naviy-madaniy faoliyat
Talaba tashkilotlari: Fakultetdagi klub va jamoalar (sport, madaniyat, fan va boshqalar).
Biotexnologiya fakultetida talabalar uchun darsdan tashqari faoliyatga keng imkoniyatlar yaratilgan. Talabalar o‘z qiziqishlariga qarab turli klub va jamoalarga a’zo bo‘lishlari, tashabbuskorliklarini namoyon etishlari va ijtimoiy-samarali loyihalarda faol ishtirok etishlari mumkin.
Fakultetda faoliyat yuritayotgan asosiy talaba tashkilotlari:
- “Bioinnovatorlar” klubi – talabalar uchun ilmiy seminarlar, loyihalar va tanlovlar tashkil etadi.
- Sport to‘garaklari – futbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi bo‘yicha fakultet jamoalari mavjud.
- “BiotexArt” madaniyat klubi – teatr, musiqiy chiqishlar, adabiy kechalar orqali talabalar ijodiy salohiyatini namoyon etadi.
- Ko‘ngilli talabalar jamoasi – ijtimoiy loyihalar, xayriya aksiyalari va talabalar o‘rtasidagi birdamlik tadbirlarini tashkil etadi.
Bu tadbirlar talabalarning shaxsiy rivojlanishi, liderlik qobiliyatlari va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik
Biotexnologiya fakulteti xalqaro ilmiy-akademik hamkorlikka alohida e’tibor qaratadi. Chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan uzviy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu talabalar va o‘qituvchilar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Hamkor xorijiy ilmiy tashkilotlari va universitetlari
- Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Kungming Botanika instiuti;
- Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Аkademiyasi Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti;
- Janubiy Koreyaning Milliy Аrboretumi;
- Turkiyaning Ege universiteti;
- Ozarbayjonning Boku davlat universiteti;
- Osh davlat universiteti;
- Xujand davlat universiteti
- Rossiya Biotexnologiya universiteti;
- Magilov Oziq-ovqat va kimyo texnologiyalari universiteti
Xalqaro aloqalar fakultetda ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy tajribalarni jalb qilish va talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi.
Dekanat
SHUXRATJON ATAXANOV NURIDDINOVICH
Lavozimi | Dekan |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Professor |
SHUHRATJON ABDULLAYEV SOLIJONOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
MUZAFFAR TURG‘UNOV MIRZARAXMATOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
3712011158@namdu.uz | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5140100 - Biologiya (turlari bo‘yicha) |
2 | 5320500 - Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) |
3 | 5410600 - Zooinjeneriya (baliqchilik) |
4 | 5411000 - Mevachilik va uzumchilik |
5 | 5411100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
6 | 5411600 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
7 | 5411700 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish |
8 | 60510100 - Biologiya |
9 | 60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha) |
10 | 60710200 - Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) |
11 | 60710200 - Biotexnologiya |
12 | 60720100 - Oziq-ovqat texnologiyasi (oziq-ovqat xavfsizligi) |
13 | 60720500 - Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi |
14 | 60810900 - Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) |
15 | 60811500 - Zoinjeneriya (baliqchilik) |
16 | 60811800 - Mevachilik va uzumchilik |
17 | 60811800 - Meva-sabzavotchilik va uzumchilik |
18 | 60811900 - Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik |
19 | 60812000 - Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish |
20 | 60812100 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi |
21 | 60812200 - O'simlikshunoslik (gulchilik) |
22 | 60830100 - Suv bioresurslari va akvakultura |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A140101 - Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) |
2 | 70510101 - Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) |
3 | 70812101 - Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi |