Filologiya
Filologiya fakulteti 1942-yilda Andijon pedagogika instituti filiali sifatida ochilgan Namangan o‘qituvchilar instituti (hozirgi NamDU)ning ilk fakultetlaridan biri bo‘lgan.
Namangan o‘qituvchilar instituti (keyinchalik Namangan davlat pedagogika instituti, hozirgi NamDU) ning o‘zbek tili va adabiyoti fakultetining ilk talabalari 1944-yilda o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi diplomini olishgan. Ilk bitiruvchilar safida keyinchalik filologiya sohasi bo‘yicha ilmiy daraja va unvon olib, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida, keyinchalik universitetga kelib ishlagan filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, NamDUda faoliyat ko‘rsatgan, filologiya ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Alixon Xalilbekov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O‘g‘ilxon Azimovalar bo‘lishgan.
1945-yilda ikkinchi bitiruvchilar, NamDUning faxri, pensioner ustozimiz filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunboy Nu’monov va kursdoshlari Xolmatjon Qahhorov, Ibrohim Qahhorov, Yusufjon Yunusov, Munavvar Mahmudova, Farida Badalova, Abdurahmon Hasanov, Ibrohim Yoqubboyevlar o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi mutaxassisi diplomini olishgan.
Filologiya fakulteti turli yillarda filologiya-tarix, o‘zbek filologiyasi, o‘zbek va rus filologiyasi, o‘zbek filologiyasi nomlari bilan atalgan. Fakultetga uzoq yillar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tojiboy G‘oziboyev (1980-1984-yillar), tarix fanlari nomzodi, dotsent Tursunboy Fayzullaev (1984-1985-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Salohiddin Jamolov (1985-1988-yillar), filologiya fanlari nomzodi, professor Odiljon Nosirov (1988-1989 yillar), tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdulhaq Madumarov (1990-1993-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Yusupov (1993-1998-yillar), filologiya fanlari nomzodi Tohirjon Rahmonov (1998-2002-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Yusupov (2002-2004-yillar), filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nosirjon Uluqov (2004-2005-yillar) lar dekanlik qilishgan.
Chorak kam bir asr davomida filologiya fakulteti nafaqat Namangan viloyatiga, qo‘shni Andijon viloyati, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalariga o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlab berdi. Ular orasida Sayfulla Ismatullaev, Dilorom Isomiddinova, Ra’no Isoqova, Lobarxon Rustamova, Sanobar Abdurahmonova kabi yuzlab yetuk o‘qituvchi va murabbiylar bor.
Fakultetda tahsil olgan sobiq talabalari orasidan yetuk jurnalistlar, yozuvchi va shoirlar ham etishib chiqqan. Ziyoviddin Mansurov, Rustamjon Ummatov, Sodiq Sayhun, Isoqjon Nishonov, Musoxon Akmalov, Gulchehra Zokirova (Benazir), Manzura Abdullayevalar shular jumlasidandir.
Universitet rektori fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdulla A’zamov tashabbusi va rahbarligida filologiya fakultetida 1993-1994-o‘quv yilida sharqshunoslik, jurnalistika yo‘nalishlari ham ochilgan.
Jurnalistika yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari o‘zbek adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritishgan. Bo‘lajak jurnalistlarga uzoq yillar Yangiqo‘rg‘on tumanining “Mehnat bayrog‘i”, Chortoq tumanining “Chortoq haqiqati” gazetalariga muharrirlik qilgan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mahmudjon Ma’murov, “Namangan haqiqati” gazetasiga uzoq yillar muharrirlik qilgan, o‘sha yillarda fakultet dekani bo‘lgan tarix fanlari nomzodi, dotsent Abdulhaq Madumarov, viloyatning hozirgi yetuk jurnalistlari “Namangan haqiqati” gazetasining muharriri Mahmudjon Parpiyev, shu gazeta xodimi Nosirjon Dehqonov, “Ayol va jamiyat” gazetasi muharriri Ahmadjon Adashev, “Kamolot” (hozirgi “Yoshlar nigohi”) gazetasining avvalgi muharriri Odiljon Inomov va boshqalar saboq berishgan.
Hozirda viloyatimizdagi “Yoshlar nigohi” gazetasi muharriri Nilufar Jamolova, “Mahorat maktabi” gazetasi xodimi Alisher Jo‘rayev, “Namangan haqiqati” gazetasi muxbirlari Gulchehra Buvamirzayeva, Saida Ismoilova, Mastura Zulfiqorova, “Mingbuloq ovozi” gazetasi xodimi Orifjon Darvishov, Namangan viloyati matbuot boshqarmasi mutaxassisi Mahmuda Qodirova, “Ayol va jamiyat” gazetasi xodimi Shahlo Toshbekova, Respublika “Ekologiya” jurnali bosh muharriri Nodira Abdullayevalar fakultetning jurnalistika bo‘limining bitirishgan.
1993-1994-o‘quv yilida Toshkent oliy o‘quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimiz filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, filologiya fanlari doktori Eminjon Talabovlar universitetga ishga taklif etildi. Fakultetda sharqshunoslik kafedrasi ochildi, dastlab kafedraga filologiya fanlari doktori, professor Ismatulla Abdullaev, keyinchalik filologiya fanlari doktori Eminjon Talabov mudirlik qilishdi. Kafedra o‘qituvchilarining sa’y-harakatlari bilan Misr Arab Respublikasi Asyut shahridagi Asyut universiteti bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatiladi. Fakultetda 1995-yilda Misr o‘quv markazi ochiladi. O‘quv markazining ochilish marosimida Misr Arab Respublikasining o‘sha paytdagi O‘zbekistondagi elchisi janob Shavqiy ishtirok etadi. O‘quv markazi 1995-1999-yillarda faoliyat ko‘rsatdi va uni Asyut universiteti o‘qituvchisi Xolid Abdulhamid boshqardi hamda talabalarga arab tilidan saboq berdi.
Ana shu ustozlarning ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 1999-yilda bir guruh talabalar sharqshunos mutaxassisligi diplomini olishgan.
Filologiya fakultetida azaldan ustoz-shogirdlik an’analari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur fakultetni turli yillarda bitirgan va keyinchalik ilm yo‘lidan borib, ustozlari bilan shu fakultetda yelkami-yelka ishlayotgan sobiq talabalar: filologiya fanlari nomzodi, dotsent Diloromxon Boboxonova, Obidxon Karimov, filologiya fanlari doktori, professor Huriniso Usmonova, filologiya fanlari doktori, professor Nosirjon Uluqov, pedagogika fanlari doktori DSc, professor Mahbubaxon Sobirova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Shavkatjon Abdurahmonovlar faoliyati fikrimizning dalilidir.
Fakultetni bitirgan sobiq talabalar nafaqat Namangan davlat universitetida, respublikamizning turli oliy o‘quv yurtlarida mehnat qilishmoqda. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti Usmonjon Qosimov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Shahnoza Ergasheva, Xurshida Hamroqulova, Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Yulduzxon Ne’matovalar ham filologiya fakultetida tahsil olishgan.
2005-yilning avgustida ingliz filologiyasi, nemis va fransuz tillari, o‘zbek filologiyasi, rus filologiyasi fakultetlari negizida filologiya fakulteti tashkil etilgan. Fakultetga filologiya fanlari doktori, professor Ne’matillo Otajonov dekan etib tayinlandi va u 2006-yilga qadar fakultetni boshqardi.
2006-2007-o‘quv yilida yana o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti yo‘nalishlari negizida o‘zbek va rus tillari fakulteti tashkil etildi. Fakultetga bir muddat filologiya fanlari nomzodi, dotsent Huriniso Usmonova, 2007-2009-yillarda filologiya fanlari nomzodi Shavkatjon Abdurahmonov, 2009-2010-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nosirjon Uluqovlar dekanlik qilishdi.
2010-yil 12-mayida yana ingliz tili, nemis va fransuz tillari, o‘zbek tili, rus tili yo‘nalishlari negizida filologiya fakulteti tashkil etildi. Yangi fakultetni filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimjon Karimov 2012-yilgacha boshqardi. 2012-yilda fakultetga pedagogika fanlari nomzodi Sohibjon Misirov dekan etib tayinlandi.
2017-2018-o‘quv yilidan filologiya fakulteti bo‘linib, filologiya va ingliz filologiyasi fakultetlari tashkil etildi. Fakultetga pedagogika fanlari nomzodi Komiljon Abdullayev (2017-2018-yillar) filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qosimjon Siddiqov (2019-2020-yillar), falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Rimma Zamilova (2020-2021-yillar), filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent Abdulhamid Qurbonov (2021-2023-yillar) dekanlik qildi.
2024-yil 4-yanvardan filologiyasi fakulteti dekani sifatida geografiya fanlari doktori DSc, professor Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich ish boshladi.
O‘quv-uslubiy va ilmiy soha
Fakultetda 2024-2025 o‘quv yillarida reja asosida quyidagi ishlar bajarildi: 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, 33 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan.
Keyingi ikki yilda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash keskin o‘sdi. Turli ilmiy kengashlarda 2023-yildan buyon fakultetning 3 nafar professor-o‘qituvchisi doktorlik (DSc – Karimova Farida, Abdullayev Komiljon, Sobirova Mahbubaxon), 5 nafar o‘qituvchi PhD (O.Yuldashev, O.Husanxo‘jayev, O.Ahmadjonov, N.Saidaxmedova, D.Akmalova, M.Usmonov, A.Rohataliyev, S.Jo‘raboyeva, B.Ashurov) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
N.Uluqov rahbarligida onomastik tadqiqotlar maktabi, prof. H.Usmonova rahbarligida pragmalingvistik tadqiqotlar maktabi, f.f.n., prof. K.Nosirov rahbarligida badiiy ijod va tarjima maktabi yuzaga keldi. Talabalar uchun to‘garaklar tashkil qilinib, ularning ilmiy-uslubiy ishlari fakultetda doimiy nashr etib kelinayotgan “Ilm ummonidan qatralar”, “O‘zbek filologiyasining dolzarb amaliy va nazariy masalalari”, “Adabiyot bo‘stoni” to‘plamlari, shuningdek, OAK ro‘yxatidagi jurnallar, konferensiyalar materiallarida e’lon qilib kelinmoqda. K.Nosirov rahbarligidagi "Lirik lahzalar" (“Заветная лира”) Ye.CHjen rahbarligida “Adabiy muhit” (“Литературная среда”) F.Karimova rahbarligida “G‘azalxon qizlar” D.Boboxonova “Notiqlik san’ati” D. Tojiboyeva “Adabiyot bo‘stoni” U.Qo‘ziyev “Yosh ijodkor”, Sh.Nabiyev “Rus tili bilimdonlari” to‘garaklari samarali faoliyat yuritadi.
Ma’naviy-ma’rifiy soha
80 nafar talabalar hududiy va Respublika miqiyosidagi tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, xususan, O‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi X.Rahimberdiyeva “Doim hilpirab tur, bayrog‘im” insholar Respublika ko‘rik tanlovida 1-o‘rin;
Fakultetda talabalarning kasb-hunar, sport, musiqa va til o‘rganishga oid qiziqishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida ota-onalar kengashi tashkil etilgan. Bu masalalar kurslar kesimida ota-onalar bilan kelishuv asosida olib borilmoqda. Bundan tashqari, Prezident topshirig‘iga binoan o‘rta maktablarda kasbga yo‘naltirish, fan to‘garaklari, kafedra filiallarini ochish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.
Byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etish maqsadida fakultet qoshida tarjima va tahrir markazi tashkil qilingan, shuningdek, professor Nosirjon Uluqov rahbarligida Turkiya Respublikasi bilan qo‘shma hamkorlik doirasida 2024/2026-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek va turk geortonimlarining lingvokulturologik, etnolingvistik tadqiqi” nomli fundemental loyiha doirasida 890 636 500 (sakkiz yuz to‘qson millon olti yuz o‘ttiz olti ming besh yuz) so‘mlik grand, “Mashrab” nashriyoti (jami 6 million), UzChasys MCHJ (jami 3 million) bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida qo‘shimcha mablag‘ jalb etilgan.
2024-2025-o‘quv yilida 1038ta talaba, shundan o‘zbek tili yo‘nalishida 461ta, rus tili yo‘nalishida 414ta, jurnalistika yo’nalishida 74ta, amaliy filologiya yo’nalishida 43ta magistratura mutaxassisligida 46 ta talaba tahsil olmoqda.
Shuningdek, PhD.03/04.06.2020. Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash OAKning 2020-yil 5-iyundagi № 159-son qarori bilan tasdiqlangan. Ilmiy kengashga 10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 13.00.02 − “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)” ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruxsat etilgan. 2021-yilda 3 ta, 2022-yilda 4 ta, 2023-yilda 4 ta PhD, 2024-yilda 14ta PhD, 2ta dotsentlik, 1ta professorlik diplomlari va dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Filologiya fakultetida 2023-yildan boshlab, 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha doktorantura ham ochilgan. Hozirda 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha Qozoqova Nozima, Yunusova Barchinoy, Qodirova Dilfuza, Ismoilova Odina, Ahmadaliyeva Guljahon, Siddiqova Kamola, Sultonova Dilnoza, Zulaypoyeva Gulmira, Egamberdiyeva Nilufar, Mo’minova Mahliyo, Xo‘jayeva Munisa, Munavvarova Mohira, Usmonaliyev Shahboz, Shamshiyeva Diyora 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha Sharipov Dilshodbek, Aliyeva Guljahon, Egamberdiyeva Shamsiya, Sheraliyeva Rohatoy, Abdullayeva Dildora, Mamadaliyeva Gulnavozlar tayanch doktoranturada tahsil olishmoqda.
XORIJIY ALOQALAR
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o’qituvchilari xalqaro aloqalar bo’yicha qilgan ishlari
Rayhona G‘oyibboyeva
Namangan davlat universitetida xalqaro hamkorliklar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi, Rayhona G‘oyibboyeva 2018-yilning iyul va avgust oylarida Hindiston Respublikasining Haydarabod shahridagi “English foreign languages university” universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kursida ishtirok etdi. U yerda dunyoning 18 dan ortiq davlatlaridan kelgan oliy taʼlim mutaxassislari bilan metod va tajribalar almashdi va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini rivojlantirdi. Taʼlim sifatini oshirishda qoʻllaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘rganib qaytdi.
Qo‘ziev Umidjon Yandashalievich
NamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevichning 02.12.2019 – 10.01.2020 oralig‘ida Hindiston hukumatining ITEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Hindistonning Haydarobod shahrida National Institute of Micro, small and medium enterprises (NIMSME)da “Micro, small and medium enterprises – approaches and strategies” (Mikro, kichik va o‘rta biznes – yondashuvlar va strategiyalar) kurs bo‘yicha 6 haftalik malaka oshirib qaytdi. Kurs dasturida kichik va o‘rta biznes tushunchalari, ularni yuritish, biznes loyiha tuzish, ularni baholash, kreditlash, marketing, bank xizmatlari, hujjatlashtirish kabi jarayonlar Hindiston, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar misolida o‘rganildi. O‘quv mashg‘ulotlariga bank, soliq idoralari xodimlari, muvaffaqiyatli biznes egalari, turli motivasion yo‘nalishdagi mutaxassislar jalb etildi. Kurs davomida banklar (Andhra Bank, Exim Bank, Nabard Bank), kichik va o‘rta biznes subyektlari (suv qadoqlash sexi, hunarmandchilik ustaxonalari, traktor zavodi), ilmiy tadqiqot institutlari (Haydarobod Universiteti ilmiy tadqiqotlar inkubatori)ga o‘quv sayohatlari uyushtirildi. Kurs yakunida sayohat taassurotlari, ilmiy-tanqidiy xulosalar va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashildi. Kelajakda o‘z mamlakatimizda qanday ishlarni amalga oshirish bo‘yicha fikrlar bildirildi. Milliy-madaniy kechalar, milliy qo‘shiq va raqslar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yuldashev Otabek Toshpo‘lat o‘g‘li
Xalqaro hamkorliklar doirasida 2023-yil noyabr, dekabr oylarida Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, PhD Yuldashev Otabek Hindiston Respublikasining Chennai shahrida “Rivojlanayotgan mamlakatlarda akkreditatsiya orqali Oliy ta'limda sifatni taʼminlash" mavzusida 144 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Chennai shahrida dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan kelgan oliy taʼlim mutaxassislari bilan fikr almashib, Hindiston oliy taʼlim tizimida sifatni oshirishda qoʻllaniladigan texnologiyalar bilan tanishdi.
Sulaymonov Mo‘minjon, Darvishov Ibrohim, Dedaxanova Muhayyo, Qozoqova Nozima, Solixo‘jayeva Xavasxon, Usmonov Musulmon, Yuldashev Otabek
(Qirg‘iziston O‘sh shahri 2024-yil 30-may)
Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari 2024-yilning 30-may kuni Qirgiziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 85 yilligi munosabati bilan hamda turkiy xalqlarning o‘zaro birdamligi, mushtarak tarixiy ildizlarini o‘rganish, madaniyat va qadriyatlardagi uyg‘unlikni tadqiq etish, turkiy xalqlar qadriyatlari va birdamligini mustahkamlash maqsadida “Turkiy xalqlarning ma’naviy integratsiyasi: tili, adabiyoti, madaniyati” mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferentsiya o‘tkazildi. Mazkur konferensiyada Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Yaponiya va O‘zbekistonning yetakchi universitetlaridan tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Jumladan, konferensiyada Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilaridan M.Sulaymonov, I.Darveshov, N.Qazaqova, H.Salixodjayeva, O.Yuldashev, M.Dedaxanova, M.Usmonovlar faol qatnashdilar. Konferensiyada o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Mo‘minjon Sulaymonov Namangan davlat universiteti rektori, professor Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unovning tabrigini o‘qib eshittirdi. Universitetning O‘sh davlat universiteti bilan hamkorlik rishtalarini mustahkamlashda, Namangan filologiya maktabi vakillarining faoliyatini yana ham ommalashtirishga, jadallashtirishda ushbu konferensiyaning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. Universitet jamoasining esdalik sovg‘alari O‘shDU jamoasiga topshirildi.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Ilmiy-nazariy anjuman yakunida ushbu konferensiyani an’anaviy ilmiy-nazariy konferensiya sifatida har yili o‘tkazilishiga kelishib olindi.
Darvishov Ibrohim, Qo‘ziyev Umidjon, Yuldashev Otabek
(Qozog‘iston Olmata shahri 2024-yil 3-7-iyun)
Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Darvishov Ibrohim, Qo‘ziyev Umidjon, Yuldashev Otabeklar 2024-yilning 3-7-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasi Almata shahri ATU universitetida “Xalqaro yozgi maktab – 2024”da “Современные технологии очистки воды и управление водными ресурсами!” 72 soatlik malaka oshirish kursida ishtirok etishdi. Yozgi maktab ishtirokchilari malaka oshirganlik to‘g‘risida sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sulaymonov Mo‘minjon, Abdullayev Komiljon
Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsentlari Sulaymonov Mo‘minjon, Abdullayev Komiljonlar 2023-yil Qozog‘iston Respublikasi Shimkent Jumabek Teshenev atindag‘i universitetida “Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va jahon madaniyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Rus tili va adabiyoti kafedrasining professor-o’qituvchilari xalqaro aloqalar bo’yicha qilgan ishlari
Namangan davlat universitetida xalqaro hamkorliklar doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich 2019-yilning 18-sentyabr 16-noyabr oylarida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida malaka oshirib qaytdi.
2022-yilning 12-16-dekabr kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich va Xayitov Mamasoli Mamasharipovichlar Tojikiston respublikasining Dushanbe shaxrida o’tkazilgan “Русский язык в системе школьного образования: вызовы и точки роста” nomli xalqaro forumda ishtirok etdi.
2023-yilning 7-18-avgustga qadar Djumanazarova Zilola Obidjonovna va Yusupova Ra‘no Kamalxanovnalar Sankt-Peterburg davlat universitetida malaka oshirib qaytdi.
2024-yilning 13-16-fevral kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Златоуст” o’quv-nashriyot markazida stajirovka o’tab qaytdi.
2024-yilning 22-24-may kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich va Xayitov Mamasoli Mamasharipovichlar Rossiya Federatsiyasi A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat institutida IV-Xalqaro Костомаров forumida ishtirok etdi.
2025-yilning 28-yanvaridan 1-fevral kunlari Nabiyev Shuxrat Axmadjanovich Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida joylashgan “Златоуст” o’quv-nashriyot markazida stajirovka o’tab qaytdi.
Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr tayyorlanadi
5120100 – filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
5120100 – filologiya va tillarni o’qitish: rus tili
5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o‘zga tilli guruhlarda
5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
5111300 – Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) o‘zga tilli guruhlarda (kechki ta’lim)
5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili (kechki ta’lim)
Fakultetda quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi
5A111301 – Ona tili va adabiyoti (rus tili)
5A120102 – Lingvistika: o‘zbek tili
Fakultet kafedralari:
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedra mudiri. Qo‘ziyev Umidjon Yandashaliyevich filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) dotsent.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi. Kafedra mudiri Xayitov Mamasoli Mamasharipovich kafedra katta o‘qituvchisi.
Dekanat
ABDUG‘AFFOR NAZAROV ABDUJABBAROVICH
Lavozimi | Dekan |
Nazarov0066@mail.ru | |
Ilmiy darajasi | Fan doktori, DSc |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
DAVRONBEK ABDIMITALOV ABDUG‘ANI O‘G‘LI
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
OBIDXON XUSANXUJAYEV MAMUTOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5111300 - Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda) |
2 | 5111300 - Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o'zga tilli guruhlarda) |
3 | 5112500 - O’zga tilli guruhlarda rus tili |
4 | 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) |
5 | 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili) |
6 | 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili |
7 | 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish |
8 | 60230104 - Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) |
9 | 60230107 - Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) |
10 | 60230700 - Amaliy filologiya |
11 | 60320100 - Jurnalistika (Teleradio jurnalistikasi) |
12 | 60320100 - Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) |
13 | 60320100 - Jurnalistika (Internet jurnalistika) |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A111301 - Ona tili va adabiyoti (rus tili adabiyoti) |
2 | 5A120102 - Lingvistika (o'zbek tili) |
3 | 70111501 - Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) |
4 | 70230101 - Lingvistika (o‘zbek tili) |
5 | 70230301 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o‘zbek tili) |
6 | 70230502 - Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) |