Tibbiyot
Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida bergan tavsiyasi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasining 10-son bayoni 105-bandi 4- va 5-xatboshida keltirilgan Namangan viloyatida Tibbiyot fakultetini tashkil etish bo‘yicha qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunini hayotga tadbiq etish maqsadida 2021-yil 2-sentabrdan Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti tashkil etilgan.
Missiya va qadriyatlar: Tibbiyot fakultetining maqsadi ta'lim standarti talablariga to'liq mos keladigan ta’lim berish, aholiga malakali yordam ko‘rsata oladigan mutaxassislarni tayyorlash, bitiruvchilarning xalqaro miqyosda tan olinishiga erishish. Tibbiyot fakultetining keyingi maqsadi sog‘liqni saqlash sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilg‘or ta’lim, ilmiy va tibbiy texnologiyalarni integratsiyalashgan holda sog‘liqni saqlashni yaxshilash orqali jamiyatga xizmat qilishdir.
Ta'lim yo'nalishlari va dasturlar
Bakalavriat dasturlari:
- 60910200 - Davolash ishi. Ta’lim muddati 6 yil, o‘qish shakli kunduzgi
- 60910300 - Pediatriya. Ta’lim muddati 6 yil, o‘qish shakli kunduzgi
- 60910700 – Farmatsiya. Ta’lim muddati 5 yil, o‘qish shakli kunduzgi
Yo‘nalishlar bo‘yicha qisqacha ko‘rinish
60910200-Davolash ishi
"Davolash ishi" yo'nalishi tibbiyotning eng nufuzli yo'nalishlaridan biridir. Namangan Davlat Universiteti tibbiyot fakultetida bu yo’nalish bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash uchun talabalar birinchi bosqichdan klinikagacha bo’lgan fanlar bo‘yicha kafedralarda bilim olishni boshlashadi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talaba simulyatsion markazda turli xil zamonaviy simulyatorlar yordamida amaliy ko’nikmalarni egallaydi. Klinik bazalarda amaliy va klinik dars mashg’ulotlari tashkil etilgan, talabalar bemorlar kuratsiyasida qatnashadilar. O‘qishni tugatganlaridan so‘ng ular baklavr – “Umumiy amaliyot shifokori” diplomini olishadi. Davolash fakultetining bitiruvchilari oilaviy poliklinikalar, shoshilinch tibbiy yordam stansiyalari, qishloq vrachlik punktlarida faoliyat olib borishlari va magistratura, klinik ordinaturada tahsilni davom ettirib, mutahassis sifatida klinika va shifoxonalarda, ilmiy tekshirish institutlari va yetakchi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishlari mumkin.
60910300-Pediatriya
Pediatriya ishi bakalavr yo'nalishi bolalar sog'lig'ini saqlash va ularni davolashga yo'naltirilgan bo'lib, tug'ilishdan to balog'at yoshigacha bo'lgan bolalar uchun sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni beradi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida talaba simulyatsion markazda turli xil zamonaviy simulyatorlar yordamida amaliy ko’nikmalarni egallaydi. Klinik bazalarda amaliy va klinik dars mashg’ulotlari tashkil etilgan, talabalar bemorlar kuratsiyasida qatnashadilar. Pediatriya ishi bakalavr dasturini tamomlagan talabalar bolalar poliklinikalari, shifoxonalar, klinikalar va boshqa sog'liqni saqlash muassasalarida pediatr sifatida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, bu yo'nalish bitiruvchilari ixtisoslarini chuqurlashtirish uchun magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bosqichlarida ta'limni davom ettirishlari mumkin.
60910700-Farmatsiya
Farmatsiya bakalavr yo'nalishi dorilarni ishlab chiqarish, tarqatish, ulardan foydalanish bo'yicha bilim va amaliy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Bu yo'nalishda o'qiyotgan talabalar sohaga oid bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Farmatsiya bakalavr dasturini tamomlagan talabalar dorixona, farmatsevtika kompaniyalari, shifoxonalar va tadqiqot institutlarida ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, bu yo'nalish bitiruvchilari ilmiy izlanishlar olib borish yoki mutaxassisliklarini chuqurlashtirish uchun magistratura va doktorantura bosqichlarida ta'limni davom ettirishlari mumkin.
Qo'shimcha kurslar yoki sertifikat dasturlari: “Tibbiyot texnikumi imtiyozli bitiruvchilarini oliy ta’limga suxbat asosida qabul jarayonlariga tayyorlov” o'quv kursi Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti qoshida faoliyat ko'rsatadi.
Talabalar uchun ma'lumotlar
Stipendiyalar va moliyaviy yordam:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan davlat grantida ta’lim olayotgan, fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini “qoniqarli” bahoga o‘zlashtirayotgan talabalarga — stipendiyaning bazaviy miqdorida 517 800(besh yuz o‘n yetti ming sakkiz yuz) so‘m stipendiya tayinlanadi.
Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari uchun (5-,6- bosqich) “Ibn Sino” nomidagi stipendiya joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
- a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
- b) a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
- c) yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
O‘zbekiston tarixini bilish;
Tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi ta’lim yo‘nalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qo‘shimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar bo‘yicha o‘z bilimlari darajasini aniqlash uchun o‘qish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan o‘tadilar;
Amaliyot va ish imkoniyatlari: Tibbiyot fakulteti O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirining 2019-yil 13-noyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limida amaliyotni o’tkazish tartibi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarining o’quv va o’quv amaliyot bazalari ro’yxatini tasdiqlash to’grisida”gi 279-sonli buyrug’ida belgilangan vazifalar asosida Namangan viloyat Endokrinologiya dispanseri, Namangan viloyat Patologik anatomiya byurosi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon va Namangan filiali, Namangan viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, Namangan viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazi Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlari va tuman tibbiyot birlashmalari, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Andijon shahar “LOR-ENT” klinikasi, Andijon viloyati Xolis davolash diagnostika markazlari va respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari bilan o’zaro hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdalar.
Infrastruktura va resurslar
Laboratoriyalar va texnik jihozlar: Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti o’quv jarayonlarini tashkil etish va amaliyot, klinik amaliyot, laboratoriya mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish bo’yicha samarali islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, tibbiyot yo’nalishlari talabalari o’quv jarayonlari uchun qariyb uch yuz million so’mlik o’quv adabiyotlar xarid qilindi.
Umumtibbiy va Klinik fanlar kafedralari qoshida qiymati bir milliard so’mlik simulyatsion markaz tashkil etildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining 2023-yil 23-avgustdagi 01-20/192-sonli xati ko’rsatilgan tibbiy sohada taʼlim oluvchi talabalar uchun nazariy va amaliy bilimlarni dars va amaliyot jarayonida inson organizmi hamda uning barcha aʼzolarini virtual reallik qurulmalari orqali oʼrgatishga ixtisoslashgan “VR Medical” innovatsion elektron darsliklar majmuasini bir milliard bir yuz million so’mga xarid qilindi va talabalar dars jarayonlarida foydalanib kelmoqdalar.
Bulardan tashqari ta’lim jarayonlari Namangan viloyatida joylashgan nufuzli tibbiyot muassasalari klinikalari laboratoriyaladi amalga oshirib kelinmoqda.
Tadbirlar va faoliyat
Talaba tashkilotlari: Sportning voleybol, minifutbol, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha jamoalar mavjud va bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Xalqaro hamkorlik: Tibbiyot fakulteti Turkiya, Germaniya, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Qozog’iston, Malayziya davlatlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. Xususan, Ozarbayjon Xirurgiya ilmiy markazi, “Jigar, o’t qopi va oshqozon osti bezi xirurgiyasi” bo’limi katta ilmiy xodimi Gurbanxan Muslimov va markaz bilan doimiy aloqalar o’rnatilgan. Gurbanxan Muslimov Universitet faxriy professori xisoblanadi.
Ural davlat tibbiyot universiteti hamkorligida talabalari meʼda ichak, oshqozon, jigar kasalliklarini davolash, ultratovush texnologiyasi borasida taniqli tibbiyot mutaxassislarining foydali maʼruzalarini tinglashmoqda.
Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Manzil: Namangan shahar, Meros ko‘chasi, 11-bino.
Tel.: +99869 227 2097
Mo‘ljal: “ANAMED” klinikasi yonida
Dekanat
GAFFURJON ABDULLAYEV RAXIMJONOVICH
Lavozimi | Dekan |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan doktori, DSc |
Ilmiy unvoni | Professor |
SHOXISTA ERMATOVA ABDUSALOMOVNA
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
NODIRBEK KODIROV MAMASOLIYEVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |