Jahon tillari
Jahon tillari fakulteti 2020-yilda tashkil etilgan bo‘lsada universitetda xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar 1966 yildan beri Ingliz filologiyasi, Filologiya va Xorijiy filologiya fakulьtetlari tarkibida tayyorlanib kelinadi.
Fakultetga dotsent S.Jamolov, dotsent D.Eshondadayev, dotsent T.Gʻoziboyev, dotsent X.Sharipov, dotsent R.Muxammadjonova, dotsent A.Soy, dotsent P.M.Bronshteyn, dotsent Q.Nosirov, dotsent M.Yusupov, professor O.Nosirov, professor N.Otajonov, professor S.Saydaliyev, dotsent A.Abdullajanov, dotsent F.Gabdulxakov, dotsent O.Golubsov, dotsent H.Usmonova, dotsent Sh.Abdurahmonov, dotsent N.Uluqov, dotsent R.Karimov, dotsent S.Misirovlar rahbarlik qilgan. Bugungi kunda fakultetni professor Q.Sidiqov boshqaradi.
Fakultet asosan ingliz va nemis tillari bo‘yicha bakalavr hamda magistrlar tayyorlaydi. Namangan viloyati ta’lim muassasalarini xorijiy til mutaxassislari bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari fakultet bitiruvchilari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda tarjimon-referent va gid-tarjimonlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar.
Fakultet professor o‘qituvchilari va bitiruvchilari. Xorjiy tilllarni o‘qitish metodikasi, qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boradilar.
Fakultetning 36 nafar professor-o‘qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda stajirovka va malaka oshirish kurslarini o‘tagan.
Fakultetda 2 nafar fan doktori professor, 2 nafar fan nomzodi professor, 5 nafar falsafa doktori, dotsentlar faoliyat ko‘rsatadi.
Professor-o‘qituvchilarning barchasi xorijiy tillar bo‘yicha S1 sertifikatiga ega. Fakultetda AQSHlik ko‘ngilli talabalarga dars beradi.
Missiya va qadriyatlar
Fakultetning ta'lim sohasidagi asosiy maqsadlari til o’rganish va o’qitishni rivojlantirish va shu orqali madaniy xabardorlikni oshirish hamda hozirgi globallashuv zamonida kadrlarning til sohasida kerakli bo’lgan zaruriy til ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat;
Shuningdek til ko’nikmalarini izchil o’qitish orqali sohada innovatsion va muqobil til o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, hozirgi dunyo hamjamiyatining til o’qitish va o’rganish sohasida duch kelayotgan muammolarga zamonaviy yechimlar topish;
Chuqur malakali tilshunoslarni yetishitirish orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlash va madaniy almashinuvlarda faol ishtirokchiga aylanish, jamiyatga til xizmatlari, diplomatik jarayonlar va boshqaruv, hamkorlik sohalarida tarjimonlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim yo‘nalishlari va dasturlar
Fakultet taklif etadigan bakalaviat yo‘nalishlari:
- 60230100-Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
- 60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
- 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – kunduzgi – 4 yil
- 60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) – kechki – 4,5 yil
- 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – kechki – 4,5 yil.
Magistratura mutaxassisliklari:
- Lingvistika (ingliz tili) – kunduzgi – 2 yil. S1 sertifikat talab etiladi
- Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) – kunduzgi – 2 yil. S1 sertifikat talab etiladi
- Fakultetda 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (soxalar bo‘yicha), 10.00.04-Yevropa, amerika va avstraliya xalqlari tili va adabiyoti va 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura mavjud.
- Fakultetda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik va 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha Phd.03/31.03.2021.Fil.76.05 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash va Ilmiy Seminar faoliyat ko‘rsatadi.
Yo‘nalish va mutaxassisliklar tavsifi:
60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) bu zamonaviy tilshunoslik va ta’lim sohalarining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri. Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) sohasidagi ish Ingliz tilining grammatikasi, leksikasi, fonetikasi, tarixi va madaniy konteksti haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lish, Ingliz tilining turli xil janrlari (adabiyot, jurnalistika, ilmiy yozuv, va hokazo) bilan tanishishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari Ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish va turli xil o‘quv materiallari va texnologiyalar bilan dars jarayonini samarali tashkil, o‘quvchilarning ehtiyojlarini aniqlash va ularga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish imkoniyati bor.
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) bu xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) ish bolalarning til o‘rganish xususiyatlari, bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatish usullari, bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatishda qo‘llaniladigan o‘quv materiallari va texnologiyalarni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish mutaxassislari bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatishda sinfda o‘quvchilarni rag‘batlantirish va ularning motivatsiyasini oshirish usullari va ular uchun ingliz tilini o‘rgatishda madaniy xabardorlikni oshirish usullari kabi bilimlarni egallaydilar.
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
O'qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo’nalishlaridan biri. Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishi til o’ganuvchilar uchun til o'rganish xususiyatlari, ular uchun ingliz tilini o'rgatish usullari, o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda qo'llaniladigan o'quv materiallari va texnologiyalarni o’rgatishga qaratilgan. Ushbu yo’nalish mutaxassislari o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda sinfda o'quvchilarni rag'batlantirish va ularning motivatsiyasini oshirish usullari va ular uchun ingliz tilini o'rgatishda madaniy xabardorlikni oshirish usullari kabi ko’nikmalarga egadir.
70230101 - Lingvistika (Ingliz til) magistratura mutaxassisligi
Lingvistika (Ingliz til) magistratura mutaxassisligi bu xorijiy tillarni o’qitishni takomillashtirish sohasining eng muhim yo’nalishlaridan biri. Lingvistika (Ingliz til) mutahassisligi til o’ganuvchilar uchun til o'rganish xususiyatlari, ular uchun ingliz tilini o'rgatish usullari, o’quvchilar uchun ingliz tilini o'rgatishda qo'llaniladigan o'quv materiallari va texnologiyalarni o’rgatish bilan birgalikda ilmiy, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklarni kashf etishga qaratilgan. Ular tomonidan ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib borish va bibliografiyalarni tuzish kabi ko’nikmalarni o’zida jamlaydi.
70230502-Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi
Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi bu jahon adabiyoti taraqqiyoti va tarixi, rivojlanish bosqichlarini o’rganishda eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi sohasidagi ish ingliz adabiyoti tarixini o'rta asrlardan hozirgi kungacha o'rganish, muhim davrlar, yozuvchilar va asarlar bilan tanishish, adabiy asarlarni tahlil qilishning turli xil nazariyalari bilan tanishish, roman, she'riyat, drama, essey va boshqa adabiy janrlarni chuqurroq o'rganishga qaratilgan. Ushbu yo’nalish mutaxassislari ingliz adabiyoti haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish va bu bilimlarni keyinchalik o'qituvchilik, tadqiqotchilik, yozuvchilik va boshqa sohalarda qo'llash, ingliz adabiyoti sohasida o'zingizning tadqiqot loyihalaringizni olib borish, tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va yozuv qobiliyatlarini rivojlantirish ko’nikmalariga egadir.
Fakultetda Ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikat olish uchun TESOL o‘quv kursi va “Tarjima va taxrir xizmati” markazi faoliyat olib boradi.
Talabalar uchun ma’lumotlar
Talabalar uchun AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlar grantlari e’lon qilinadi.
Universitet tomonidan iqtidorli talabalar, ijtimoiy yordamga muxtoj talabalar muntazam moliyaviy rag‘batlantiriladi. Talabalarning ijara pullarining bir qismi davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Fakultet talabalari Namangan viloyati va respublikaning boshqa viloyatlarida maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablar, professional ta’lim muassasalari, davlat oliy ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari, turistik kompaniyalar va mexmonxonalarda amaliyot o‘taydilar
Infrastruktura va resurslar
Fakultetning barcha o‘quv auditoriyalari proyektor va smart doskalar bilan jixozlangan bo‘lib darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladi.
Tadbirlar va faoliyat
Fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish uchun “Academic writing”, “Speaking club”, “Book club”, “English club” , “Research club” to‘garaklari hamda “Nihol” talabalar teatr klubi faoliyat ko‘rsatadi.
Xalqaro hamkorlik: Chet el universitetlari bilan aloqalar, almashinuv dasturlari.
Fakultet Amerika, Britaniya, Malayziya, Hindiston va Gemaniya elchixonalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Asosan AQSH kosulligining Faculty Enrichment Program (FEP) dasturi “American corner” va xalqaro “TESOL” tashkilotlari bilan, Britaniyaning Hornby Trust tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan NETRUZ xalqaro loyihasi bilan, Hindiston hukumatining ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi bilan, Malayziya hukumatining MTCP (The Malaysian Technical Cooperation Programme) dasturi bilan, Germaniya hukumatining DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) halqaro dasturi bilan hamkorlik qilinadi
Aloqa va ijtimoiy tarmoqlar
Manzil: Namangan shahri, Boburshox ko‘cha, 161 uy.
Telefon: 998692288502
Email: info@worldlang.namdu.uz
Telegram: @NamSU_YenglishF
Dekanat
QOSIM SIDIQOV ABILOVICH
Lavozimi | Dekan |
- | |
Ilmiy darajasi | Fan nomzodi, PhD |
Ilmiy unvoni | Dotsent |
SHAXZODBEK RUSTAMOV SHUXRATJON O‘G‘LI
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
ELYOR MAMADALIYEV AXMADJONOVICH
Lavozimi | Dekan muovini |
- | |
Ilmiy darajasi | Darajasiz |
Ilmiy unvoni | Unvonsiz |
Kafedralari ro'yxati
Mavjud bakalavr ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) |
2 | 5112200 - Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijy til (ingliz tili) |
3 | 5120100 - Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) |
4 | 5120100 - Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) |
5 | 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) |
6 | 60112600 - Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha) |
7 | 60230101 - Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) |
8 | 60230119 - Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili) |
Mavjud magistratura ta'lim yo'nalishlari
T/r | Nomlanishi |
---|---|
1 | 5A120101 - Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti |
2 | 5A120102 - Lingvistika (ingliz tili) |
3 | 5A120102 - Lingvistika (nemis tili) |
4 | 5A120102 - Lingvistika (ingliz tili) |
5 | 70230101 - Lingvistika (nemis tili) |
6 | 70230101 - Lingvistika (ingliz tili) |
7 | 70230104 - Adabiyotshunoslik |
8 | 70230502 - Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) |