Namangan davlat universitetida 2023/2024 o‘quv yilida 41 ta kafedrada 33 nafar fan doktorlari va 232 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari faoliyat olib bormoqda.

Ilmiy salohiyat 34,5% .

Kafedralarda ta’lim, fan va ishlab chiqarish hamkorligi, oliy ta’lim muassasasi hamda tarmoq tashkilotlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari.

2022–2023-o‘quv yilida 29 nafar universitet professor-o‘qituvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va treninglar o‘tkazishgan va stajirovkada bo‘lgan. Jumladan Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlarining oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasi va markazlarida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashgan. O‘quv yilida 4 ta Yevropa universitetlari bilan memorandumlar tuzilgan. Shuningdek AQSH, Germaniya, Rossiya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlardan jami 24 nafar olimlar kelib universitet talabalari uchun seminar – treninglar o‘tkazib bergan.

Ilmiy tadqiqotlar 4,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Xorijiy grantlar, Erasmus+ dasturi doirasidagi 1 ta loyiha, Erasmus+ kredit mobilitining 10 ta almashinuv dasturlarida, 4 ta MAGATE xalqaro loyihasi, 4 ta bo‘yicha individual loyihalar (AQSHning UniCEN loyihasi, FEP granti, Fransiyaning EPF granti, Vengriya xukumati granti).

Mualliflik guvohnomalar soni 124 ta, 13 tapatent va foydali modellar uchun guvohnomalar olingan. Mualliflik guvohnomalar soni 132 ta, 8 ta patent va foydali modellar uchun guvohnomalar olingan.

Kafedralar kesimida professor-o‘qituvchilarning doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyalarini himoya qilganlar soni 2022 – 2023 o‘quv yili davomida professor – o‘qituvchilar 7 nafari fan doktori, 36 nafari professor – o‘qituvchilar falsafa doktori ilmiy darajalarga, 22 nafari dots.nt ilmiy unvonlarga ega bo‘lishdi.

Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining mavjudligi va uning holati.

Universitetda Akvakultura innovatsion markazi va sukat ilmiy laborotoriyalari faoliyat olib bormoqda.

Professor-o‘qituvchi tomonidan chop etilgan ishlarga Web of Science, Scopus, Google Scholar tizimlarida iqtiboslik darajasi.

2022 – 2023 o‘quv yili davomida 78 ta Scopus va Web of science bazalarida indekslanadigan jurnallarda maqolalar chop etilgan. Shuningdek o‘quv yili davomida 7 ta xalqaro va 21 ta Respublika miqyosida monografiyalar chop ettirilgan.

Universitetda o‘tkazilgan respublika va xalqaro konferensiyalar, seminarlar.

O‘quv yilida 1 ta Xalqaro, 3 ta Respublika miqyosidagi konferensiyalar o‘tkazilgan va ularning hisobotlari vazirlikga taqdim etilgan.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image