Ma'lumotlar:
- Tadqiqotchilar
- 26.08.2024-yil
- 11:26
- 778
Namangan davlat universitetiga https://daraja.ilmiy.uz/ sayti orqali 2024-yil, 4-chorak uchun mustaqil-izlanuvchilikga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy oyning oxiri yoki sentabr oyining birinchi dekadasida suhbat tashkil etiladi, shu munosabat bilan suhbatga ilmiy-tadqiqot mavzuyingiz asosnomasi, ilmiy rahbar rozilik xati, ilmiy mavzuga oid chop etilgan ilmiy ishlaringizni nusxalarini tayyorlab, mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab turishingiz so’raladi. Suhbat kunlari shu kanal va universitetning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinib, telefon orqali ham xabar beriladi.