Ma'lumotlar:
- Ilmiy kengash
- 19.12.2024-yil
- 17:21
- 466
2024-yil – 23-dekabr kuni soat: 09.00 va 11.00da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli ilmiy kengash qoshidagi 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminarning navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Xabibillayev Nodirbek Nosirjon o‘g‘li “O‘zbek tili so‘z tarkibi lug‘atini tuzishning lingvistik asoslari” mavzusidagi 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich,
filologiya fanlari doktori, professor.
Taqrizchilar: Bahriddinova Bashorat,
filologiya fanlari doktori, professor.
Darvishov Ibrohim O‘rmonovich,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
2. Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Dedaxanova Muxayyo Mutalliyevnaning “Нейролингвистический анализ речи учащихся 12-15 лет” (“Bolalar nutqining neyrolingvistik tahlili (12-15 yoshdagi o‘quvchilar nutqi misolida)” mavzusidagi 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abdulhamidovna,
filologiya fanlari doktori professor
Taqrizchilar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna,
filologiya fanlari doktori, professor.
Musayeva Yelena Kazimovna,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a'zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.
Manzil: Namangan shahri, Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti binosi 2-qavat, 201-xona.