Namangan davlat universitetiga https://daraja.ilmiy.uz sayti orqali 2025-yil, 2-chorak uchun mustaqil izlanuvchilikga hujjatlari qabul qilingan talabgorlar uchun joriy yil, 20-fevral kuni (har bir izlanuvchi o’ziga belgilangan vaqtda kelishi lozim) suhbat tashkil etiladi. Suhbatga izlanuvchilar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (passport yoki ID karta), ilmiy-tadqiqot mavzusi asosnomasi (ilmiy rahbar va izlanuvchi imzosi bilan tasdiqlangan), ilmiy rahbar rozilik xati, ilmiy mavzuga oid chop etilgan ilmiy ishlar nusxalari (hujjatlarni yig’ma fayl papkaga solish tavsiya etiladi) olib kelishlari, shuningdek mutaxasislik fanidan asosiy tushunchalarni takrorlab kelishlari so’raladi.

Quyidagi ixtisosliklarga 2025-yil, 20-fevral, soat 09:00da boshlanadi:
02.00.17 - Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulot-lariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi, 03.00.01 – Biokimyo, 03.00.05 – Botanika, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi, 07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi, 08.00.04 - Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, 08.00.13 – Menejment, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa, 10.00.01 - Oʻzbek tili, 10.00.02 - Oʻzbek adabiyoti, 10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, 22.00.03 - Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi

Quyidagi ixtisosliklarga 2025-yil, 20-fevral, soat 13:30da boshlanadi:
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha), 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi, 13.00.07 - Ta’limda menejment, 13.00.08 - Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, 19.00.06 - Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi

Manzil: Namangan shahar, Boburshoh ko’chasi, 161-uy. Universal ARM (IT-park yonida)
Suhbat o'tkaziladigan joy va sana haqida ma'lumot

Courses

Ma'lumotlar:

  • Doktarantura
  • 18.02.2025-yil
  • 08:32
  • 590
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image