2025-yil 17-mart (dushanba) kuni soat: 09:00 da Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengashining  yig‘ilishi va soat 11:00da mazkur kengashning doimiy tarkibining  himoya yig‘ilishi o‘tkaziladi. 

KUN TARTIBI:

1.  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tadqiqotchisi To‘raboyeva Muqaddas Yoqo‘bjanovnaning “5-9-sinf ona tili ta’limida uzviylikni ta'minlash asosida tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar tizimini takomillashtirish” mavzusidagi , 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsion tadqiqot ishi himoyasi.

Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori,  professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti  universiteti.
Rasmiy opponentlar: Hamroyev G‘ofur Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nurulloyeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 

2.  Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Xabibillayev Nodirbek Nosirjon o‘g‘lining “O‘zbek tili so‘z tarkibi lug‘atini tuzishning lingvistik asoslari”, 10.00.01 – О‘zbek tili ixtisosligi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsion tadqiqot ishi himoyasi.

Ilmiy rahbar: Mengliyev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madaliyevna, filologiya fanlari doktori, professor; Xamrayeva Shahlo Mirdjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 

Manzil: Namangan shahar Boburshoh ko‘chasi, 161-uy, Namangan davlat universiteti  (rektorat) binosi 2-qavat majlislar zali.

Courses

Ma'lumotlar:

  • Ilmiy kengash
  • 13.03.2025-yil
  • 21:23
  • 186
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image