Avval xabar berganimizdek (https://t.me/Namdu_xabarlari/7964?single), Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Kunning ikkinchi yarmida Tojikiston milliy universitetida forum doirasida oliy ta’lim muassasalari rektorlarining taqdimotlari o‘tkazildi. Tadbir davomida O‘zbekiston va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘zlarining universitetlari faoliyati, ilmiy salohiyati va innovatsion loyihalari bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda Abdug‘affor Qirg‘izboyev tadbir ishtirokchilariga Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda universitetning barcha asosiy yo‘nalishlari, fakultetlari, magistratura va doktorantura dasturlari, ilmiy-tadqiqot salohiyati va xalqaro hamkorlik loyihalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Rektor universitetning innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni amaliy faoliyat bilan integratsiya qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ham ta’kidladi.
Taqdimot davomida forum ishtirokchilari Namangan davlat universitetining ilmiy va akademik salohiyatiga katta qiziqish bildirdi va kelgusida ilmiy loyihalar, qo‘shma tadqiqotlar hamda talabalarning akademik va ilmiy tajriba almashuvini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Forum davom etmoqda...
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati