Qirg‘iz Respublikasi Batken viloyatida “Ilm, amaliyot va innovatsiyalar – barqaror rivojlanishning asosiy manbai” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. 

Konferensiyada Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining Batken viloyatidagi vakolatli vakili o‘rinbosari Janybek Isakov, Qirg‘iz Respublikasi Milliy Fanlar akademiyasining Janubiy bo‘limi raisi, akademik, Osmonaqun Ibraimov boshchiligidagi qirg‘iz olimlari hamda Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakluteti dekani G‘ofurjon Abdullayev boshchiligidagi iniversitetimiz delegatsiyasi ishtirok etdi.

Janybek Isakov o‘z nutqida ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarish va jamiyat hayotiga joriy etish har bir hudud va davlat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Batken hududi eng yosh va uzoq hududlardan biri sifatida ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishga muhtoj ekanini qayd etdi. Mazkur konferensiya olimlar va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yangi g‘oyalar yuzaga kelishi, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — Qirg‘iz Respublikasining barqaror rivojlanishi hamda ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy yutuqlarni muhokama qilish, shuningdek, tadqiqotchilar, pedagoglar va amaliyotchilar o‘rtasida tajriba almashishni ta’minlashdan iborat.

Shu bilan birga, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasini kuchaytirish konferensiyaning asosiy vazifalari sifatida belgilangan.

Konferensiya Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining “Milliy ruh – jahon cho‘qqilari sari yo‘l” nomli farmonini amalga oshirish doirasida, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Fanlar akademiyasining Janubiy bo‘limi, Tibbiy va biologik muammolar ilmiy-tadqiqot instituti, A.S. Jamanbayev nomidagi Tabiiy resurslar instituti, Jalolobod ilmiy markazi hamda Jusus Balasag‘in nomidagi Qirg‘iz Milliy universitetining Batken instituti hamkorligida tashkil etildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image