Ma’lumki, Times Higher Education (THE) Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi va jahondagi eng nufuzli oliy ta’lim reyting hamda tahlil tashkilotlaridan biri hisoblanadi.
2026-yil uchun THE Sustainability Impact Ratings natijalari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan «Global Sustainable Development Congress 2026» doirasida e’lon qilindi.
Ushbu nufuzli reytingda Namangan davlat universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga oid to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha munosib natijalar qayd etdi.
Jumladan, universitetimiz:
🗄 “No Poverty” (Qashshoqlikni qisqartirish) yo‘nalishi bo‘yicha 201–300-o‘rinni;
🗄 “Zero Hunger” (Ochlikka barham berish) yo‘nalishi bo‘yicha 401–600-o‘rinni;
🗄 “Clean Water and Sanitation” (Toza suv va sanitariya) yo‘nalishi bo‘yicha 401–600-o‘rinni;
🗄 “Partnership for the Goals” (Maqsadlar yo‘lida hamkorlik) yo‘nalishi bo‘yicha 601–800-o‘rinlarni egalladi.
Ayniqsa, reytingning barcha ishtirokchi universitetlar uchun majburiy hisoblangan “Partnership for the Goals” yo‘nalishida Namangan davlat universiteti 2025-yildagi 1501+ o‘rindan 2026-yilda 601–800-o‘rinlar qatoriga ko‘tarilib, qariyb 900 pozitsiyaga yaxshilangani, universitetda xalqaro hamkorlik aloqalari, xorijiy sheriklar bilan munosabatlar hamda xalqaro reytinglarda ishtirok etish faoliyati tizimli va samarali yo‘lga qo‘yilganini yaqqol namoyon etmoqda.
Ishonamizki, kelgusida ham Namangan davlat universiteti xalqaro reytinglarda o‘z mavqeini yanada mustahkamlab, yangi yutuqlarni qo‘lga kiritadi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati