Joriy yilning 24-avgust kuni Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida joylashgan M. Akmulla nomidagi Boshqirdiston davlat pedagogika universitetining rasmiy taklifiga binoan mazkur oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Namangan davlat universiteti delegatsiyasini Boshqirdiston davlat pedagogika universiteti rektori Salavat Sagitov kutib oldi. Mehmonlarga universitetning Umumiy pedagogik kompetensiyalar texnoparki, Tabiiy-geografiya fakulteti, Fizika, matematika, raqamli va nanotexnologiyalar instituti, Pedagogika instituti, Psixologiya fakulteti hamda “Professionalitet” pedagogik kompetensiyalar markazi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng, ikki oliy ta’lim muassasasining rasmiy vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, dissertatsiya kengashlari faoliyati doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy nashrlarni tayyorlash hamda grant loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro tajriba almashish, akademik hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunida Namangan davlat universiteti va M. Akmulla nomidagi Boshqirdiston davlat pedagogika universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish