Asosiy kontentga o'tish
MEXT DASTURI ORQALI XALQARO AKADEMIK IMKONIYATLAR

Namangan davlat universitetida Yaponiya bilan ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar uchun xalqaro akademik imkoniyatlarni kengaytirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu boradagi muhim imkoniyatlardan biri — Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etiladigan MEXT (Ministry of Education, Culture, Sports, Science and Technology) stipendiya dasturidir. Mazkur nufuzli dastur xorijiy talabalar va tadqiqotchilarga Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy izlanish olib borish va xalqaro akademik tajriba orttirish imkonini beradi.
Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Muzaffar Obilov MEXT dasturi ishtirokchisi sifatida Yaponiya ta’lim va ilmiy muhitida muhim xalqaro tajriba orttirgan.
MEXT dasturidagi ishtirok unga nafaqat zamonaviy bilim va ilmiy tajribani egallash, balki Yaponiyaning ta’lim tizimi, ilmiy madaniyati, intizomi va innovatsion yondashuvlarini bevosita o‘rganish imkonini ham bergan.
Ayni paytda “MEXT orqali Yaponiya sari” mavzusida Muzaffar Obilov ishtirokida videointervyu tayyorlanmoqda.
Unda MEXT dasturiga hujjat topshirish jarayoni, Yaponiyadagi ta’lim va ilmiy muhit, xalqaro akademik tajriba, madaniyatlararo muloqot, yoshlar uchun mavjud imkoniyatlar hamda orttirilgan bilim va tajribani Namangan davlat universiteti ta’lim jarayoniga tatbiq etish masalalari yoritiladi.
Bunday xalqaro dasturlar nafaqat kasbiy va ilmiy rivojlanishga, balki xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik, bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Namangan davlat universiteti xalqaro akademik dasturlardagi ishtirokni kengaytirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni universitet hayotiga olib kirish bo‘yicha izchil ish olib bormoqda.
Feruza Erkulova
Namangan davlat universiteti
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image