Namangan davlat universiteti va Tojikiston oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida ham hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi
- Bosh sahifa
- Faoliyat
- Xalqaro aloqalar
- Namangan davlat...
- 16.04.2024
- 23:00
- 79
Ayni kunlarda mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida muhim voqea - Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II Forumi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusiga bagʻishlandi.
Ushbu nufuzli anjuman xalqaro aloqalar koʻlami va samaradorligini tobora kengaytirayotgan Namangan davlat universiteti uchun ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Forumda ishtirok etayotgan universitet rektori Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovichning maʼlum qilishicha, Tojikiston milliy universiteti va Namangan davlat universiteti oʻrtasida barcha yoʻnalishlarda manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum imzolangan. Unga asosan, kelgusida Tojikiston milliy universiteti bilan oʻqituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oʻzaro oʻquv jarayonlarini tashkil qilish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka oʻtash, ilmiy anjumanlar, dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha kengashlar ishida ishtirok etish, ikki davlat olimlari tomonidan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Eʼtiborli jihati shundaki, forumning yalpi majlis yakuni boʻyicha esa har ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida jami 50 dan ziyod bitim, anglashuv memorandumlari va yoʻl xaritalari imzolandi. Albatta, bunday hamkorlik ilm-fan rivojiga, kadrlar salohiyati yuksalishiga xizmat qiladi.
Qidirish
So'nggi yangiliklari
ISHONCHNI OQLAYMIZ
- 15.02.2025