Har bir sohadagi hamkorlik taraqqiyot va rivojlanish uchun xizmat qiladi. Bu hamkorlik, ayniqsa, xalqaro miqyosda davom etsa, bu faoliyatda juda katta marra va maqsadlar zabt etilishi yo‘lidagi katta qadamdir.

Shu ma’noda Namangan davlat universitetining keyingi yillarda xalqaro hamkorlik ko‘lamini tobora kengaytirib borayotgani e’tiborga molik jihatdir.

Yaqinda Namangan davlat universiteti rektori va rahbariyat vakillaridan iborat delegatsiyaning Malayziya davlatiga qilgan tashrifi  va bu rivojlangan mamlakatdagi bir qator nufuzli universitetlar bilan hamkorlik shartnomalarining imzolangani universitetimiz professor-o‘qituvchilari va biz, talabalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Endilikda xalqaro miqyosda bilim olish, malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishimiz mumkin.

Shaxsan o‘zim universitetda bu hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, o‘zgarishlar bilan tanishib, nihoyatda quvondim. Chunki chet elda ta’lim olish, yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtirish, izlanish, ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish har bir talabaning orzusi. Bu orzular ro‘yobga chiqishi uchun universitetimizda aniq yo‘nalish belgilandi. Jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarining joriy etilishi bizning yetuk va malakali kadr bo‘lib yetishishimiz va kelajakdagi kasbiy faoliyatimizda muhim o‘rin egallaydi.

Ko‘p tengdoshlarim qatori men ham Malayziya davlatida oliy ta’limni davom ettirish va xalqaro tajribaga ega bo‘lishni juda xohlayman. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun ingliz tilini yanada chuqur o‘rganib, ilmiy faoliyatimni rivojlantirishni maqsad qilganman.

Bizga xalqaro hamkorlikning juda keng imkoniyatlarini yaratib bergani uchun hukumatimizga, jumladan, rektorimiz Sobitxon Turg‘unov hamda xalqaro bo‘lim vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Endi bizning zimmamizda astoydil o‘qib-o‘rganib, xorijiy tillarni o‘zlashtirish mas’uliyati turibdi. Oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarimizga yetish o‘z qo‘limizda!

Sanjarbek MUSULMONQULOV, 

Namangan davlat universiteti

Iqtisodiyot fakulteti talabasi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image