Namangan davlat universiteti barcha sohalarda o‘zini yakdillik bilan namoyon etayotganiga barchamiz guvohmiz.

Kuni kecha universitet rektori Sobitxon Turg‘unov boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatiga tashrifi o‘tkazilib, mazkur bu tashrif doirasida universitetimiz uchun muhim bo‘lgan  masalalar hal qilindi.

Bu o‘z o‘rnida universitetning kelgusida barcha sohalarda rivojlanishi, ta’lim sifati va samaradorligining yanada oshishiga xizmat qiladi.

Bunday tashabbus va samarali mehnatga javoban universitet jamoasi yakdillik bilan harakat qilmog‘i lozim. Imzolangan hujjatlar o‘z o‘rnida ko‘p sonli  professor-o‘qituvchilarga  yuksak mas’uliyat va vazifalar yuklaydi.

Ushbu vazifalarni bajarishga o‘ylaymanki, bugungi kunda universitetimizda  barcha imkoniyat va sharoitlar yetarli.

Xalqaro hamkorlik ertangi kun uchun muhim mezon hisoblanadi. Ayniqsa, bu hamkorlikda nufuzli OTMlari bilan yaqindan tanishish, ularning rivojlangan tajriba amaliyotlarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish universitetimiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Chunki bugungi kun talabi barcha sohalarda ta’lim sifatiga erishish, malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Mazkur talabni bajarish yo‘lida universitet jamoasi peshqadam oliygohlardan biri bo‘lishi shubhasiz. 

Ibrohim ATAMIRZAYEV,
Namangan davlat universiteti 
Yuridik fakulteti dekan o‘rinbosari

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image