12-iyul kuni soat 09:00–11:00 hamda 13:00–15:00 oralig‘ida test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar ruxsatnomasida ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha test o‘tkaziladigan binolar bilan oldindan tanishib chiqishlari mumkin.
✅ Buning uchun ruxsatnomangizda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha o‘zingiz test topshiradigan binoga tashrif buyuring.
🔎 Oldindan borib:
• test sinovi o‘tkaziladigan manzilni aniqlab olishingiz;
• binoga kirish yo‘laklari va tartibi bilan tanishishingiz;
• imtihon kuni ortiqcha vaqt yo‘qotmasligingiz mumkin.
📌 Test sinovi o‘tkaziladigan binolar manzili bilan quyidagi havola orqali ham tanishishingiz mumkin:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2026
⏰ Imtihon kuni kechikishning oldini olish uchun test topshiradigan joyingizni oldindan borib ko‘rishingiz tavsiya etiladi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati