Namangan davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan bali davlat granti va bazaviy to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun belgilangan o‘tish balidan 4,05 ballgacha kam (biroq 56,7 balldan kam bo‘lmagan) hamda universitetda ta’lim olish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilangan.
🧾 Yuklab olish
❗️ Eslatma: 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari hozircha tasdiqlanmagan. Mazkur miqdorlar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlangandan so‘ng Namangan davlat universitetining rasmiy axborot resurslari orqali e’lon qilinadi.
📞 Call-center: +998692395006
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati