Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
- Bosh sahifa
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Bakalavr va mag...
- 22.07.2024
- 14:27
- 1132

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
- bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
- magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
- umumiy qabul parametrlarini;
- qoʻshimcha qabul parametrlarini;
- oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
- maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
- umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini;
hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlarini tasdiqlanishi belgilandi.
Qidirish
So'nggi yangiliklari
O‘ZARO HURMAT VA DO‘STLIKNING OLIY NAMUNASI
- 13.03.2025