team

Ismanova Odina To‘lqinboyevna

Dekan o‘rinbosarlari:

Qurbonov Mahmudjon Xusanboy o‘g‘li (o‘quv ishlari bo‘yicha)

Ibragimov Rahimjon Xasanboy o‘g‘li (yoshlar bilan ishlash bo‘yicha)

 Fakultetning qisqacha tarixi:

Namangan davlat universitetida 2020 yil 15 oktabdan boshlab, Fizika yo‘nalishi fakultet sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Fakultet 2019 yil to‘liq ta’mirdan chiqqandan so‘ng, Germaniyadan keltirilgan zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganidan so‘ng, bugungi kunda 6 ta o‘quv hamda 1 ta vertual laboratoriya xonalaridan talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliy ravishda ko‘rib foydalanib kelishmoqda.  Fizika fakulteti so‘ngi yillarda turli xil yutuqlarga erishib borayotgani hamda ilmiy salohiyati o‘sib borayotganini ko‘rishimiz mumkin jumladan, so‘nggi ikki yil ichida 4 nafar o‘qituvchilar fizika fanlari PhD, 1 nafar o‘qituvchi O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoni, 1 nafar o‘qituvchi Doktarantura va 3 nafar o‘qituvchi tayanch doktaranturada o‘z faoliyatini davom ettirayotgani fikrimiz misoli bo‘la oladi. Bundan tashqari 2020/2021 o‘quv yili qabulida, fizika bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan U.Xafizov ham talabalikka qabul qilindi. 2020 yilda o‘tkazilgan “yil talabasi” ko‘rik tanlovining “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” yo‘nalishida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarini ham fizika fakulteti talabalari qo‘lga kiritishdi.

Bugungi kunda O.Ismanova rahbarligi ostida fizika fakulteti jamoasi o‘z oldiga ulkan marralarni zabt etishni maqsad qilgan holda, jamiyatimiz rivoji uchun o‘z mexnatlarini ayamasdan xizmat qilib kelishmoqda.

Fakultetda  2 ta:

  1. Fizika
  2. Fizika o‘qitish metodikasi

kafedralari faoliyat olib bormoqda.

 

Bakalavr tayyorlovchi yo‘nalishlar va magistr tayyorlovchi mutaxassisliklar:

Bakalavriat (kunduzgi) 

  1. 5140200 – Fizika

        5140200 – Fizika (rus)

 Bakalavriat (kechki) 

  1. 5140200 – Fizika 

Magistratura

  1. 5A140202 – Fizika (lazerlar fizikasi: yo‘nalishlar bo‘yicha)
  2. 5A140201 – Kondensirlangan muxitlar fizikasi (materialshunoslik: turlar bo‘yicha)

 Hozirgi kunda fakultetda 23 ta akademik guruhda 566 nafar talaba tahsil olmoqda. Bulardan 19 ta akademik guruhda kunduzgi ta’lim yo‘nalishining 450 nafar, 4 ta akademik guruhda kechki ta’limning 116 nafar talabalari tahsil olishmoqda.

Fakultetda 24 nafar professor–o‘qituvchilar faoliyat olib borib,
ularning, 12 nafari fan nomzodi (PhD), 4 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar o‘qituvchi, 4 nafar stajyor-o‘qiuvchilardan iborat.

Fizika fakultetida quyidagi fan to‘garaklari faoliyat olib bormoqda.

  • Yosh fiziklar
  • Robototexnika asoslari

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image