team

Siddiqov Qosim Abilovich

Dekan o’rinbosarlarining ro’yxati

− Sobirjon Daminjanov – Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

− Umid Soliev − O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

− Mirzoxid Qoraboev – O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

− Sharifjon Ne’matjanov − O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

Fakultetning qisqacha tarixi

Ingliz filologiyasi Fakulteti NamDU rektorining   1 noyabr 2017 yildagi 83-V/O-sonli  buyrug’iga asosan Filologiya fakulteti negizida tashkil etildi. Filologiya fakulteti 2010-yilda Xorijiy filologiya, O’zbek va rus filologiyasi fakultetlari negizida tashkil etilgan. Fakultet tarkibiga kirgan o’zbek filologiyasi bo’limi 1942 yildan, rus filologiyasi bo’limi 1954 yildan, chet tili bo’limi 1966 yildan boshlab faoliyat ko’rsatib keladi.

Fakultet tashkil etilgandan buyon unga dotsent S.Jamolov, dotsent D.Eshondadayev, dotsent T.G’oziboyev, dotsent X.Sharipov, dotsent R.Muxammadjonova, dotsent A.Tsoy, dotsent P.M.Bronshteyn, dotsent Q.Nosirov, dotsent M.Yusupov, professor O.Nosirov, professor N.Otajonov, dotsent S.Saydaliyev, dotsent A.Abdullajanov, dotsent F.Gabdulxakov, dotsent O.Golubtsov, dotsent H.Usmonova, dotsent Sh.Abdurahmonov, dotsent N.Uluqov, dotsent R.Karimov, dotsent S.Misirovlar rahbarlik qilishgan.

Hozirda fakultetga filologiya fanlari nomzodi, dotsent  Qosim Obilovich Sidiqov rahbarlik qiladi.

Ingliz filologiyasi Fakultetidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari:

  • 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) kechki ta’lim
  • 5A120102-Lingvistika (ingliz tili)

Fakultetda  53ta akademik guruh mavjud bo’lib, ularda 1626 nafar bakalavriat talabalari tahsil olmoqda. Ingliz filologiyasi fakulteti tarkibida 2ta kafedra faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular “Ingliz tili o’qitish metodikasi” kafedrasi (22 nafar professor-o’qituvchi), “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi (23 nafar professor-o’qituvchi) mavjud.

Ingliz filologiyasi fakultetida  45 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 3 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafari PhD, qolgani 40 nafarini katta o’qituvchi va o’qituvchilar tashkil etadi.

2020-2021 yilda Ingliz filologiyasi fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan OAK jurnallarida 42ta va xorijdagi jurnallarda 52 ta ilmiy maqolalari nashr etildi.

Ingliz filologiyasi fakulteti professor-o’qtuvchilari va talabalarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi OTMlar bilan akademik almashinuv aloqalari yaxshi o’rnatilgan:

Ingliz tili o’qitish metodikasi kafedrasi o’qituvchsi Ya.Qo’chqarova 2019 yil 31 iyuldan 27 avgustgacha Angliyaning Norvich (NILE Institute) institutida “Akademik maqsadlarda ingliz tilini o’qitish” kursida malaka oshirdi.

     Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o’qituvchisi I.Umirzoqov Xitoyda 2019 yilning 10 sentyabridan 30 sentyabrigacha “Oliy ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida malaka oshirdi.

Xorijiy til va adabiyoti yo’nalishi 3-bosiqich talabasi  Obilov Ibroximjon Vaxobjon o’g’li 2019 yilning sentyabrg’-dekabrg’ oylari 4 oy muddatda Janubiy Koreyaning Incheon universitetida akademik “Talaba almashinuv” sifatida ta’lim oldi.

         Fakultetda ingliz tilini o’rgatish bo’yicha ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish odat tusiga kirgan. Jumladan, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi va Namangan davlat universiteti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiklangan 2019 yilda halqaro va respublika miqiyosidagi o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlari rejasiga asosan 2019 yil 12-13 dekabrg’ kunlari NamDUda  “Chet tillarni o’qitishda uzviylik va uzluksizlikni tahminlash: muammo va yechimlar” Respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi. Ilmiy anjumanda markaz direktori M. Irisqulov, xorijlik ekspertlar Doktor Baxia Diefenbax (Bahia Diefenbach), Alan SHneydman (Alan Schneidman), Jonatan Daniel Patches (Jonathan Daniel ‘atches), Jef Stanford (Jeff Stanford), Joshua Gaston (Joshua Gaston)lar ishtirok etdilar. Ilmiy anjumanda 250ga yaqin Namangan, Farg’ona va Andijon villoyatidagi oliy o’quv yurti, o’rta umumta’lim maktabi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ingliz tili o’qituvchilari ishtirok etdilar. 

Ingliz filologiyasi fakultetida iqtidorli talabalar faoliyatini tashkil etish va ularni ilmiy jarayonga jalb etish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Fakultetda 1 nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, 2 nafar  Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi,   1 nafar I.Karimov stipendiyasi sovrindor talabalari tahsil olmoqda.

Ma'lumotlar

  • Manzil: Namangan shahri, Uychi ko‘chasi, 316 – uy
  • Qabul kunlari: Seshanba 13:00dan 15:00gacha, Payshanba 13:00dan 15:00gacha, Juma 13:00dan 15:00gacha
  • Email: qosimjon1977@mail.ru
  • Telefon:+99869 227 18 84
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image