team

Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich

Fakultetda 6 ta yo‘nalishda bakalavrlar tayyorlanadi: 5120100 (60230100) – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), 5120100 (60230100) – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), 60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili, 60230700 – Amaliy filologiya, 5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili. Bu yo‘nalishlar kunduzgi va kechki ta’limida jami 1597 nafar talaba tahsil olmoqda.

-  O‘quv-uslubiy va ilmiy sohada;

Fakultetda 2023-2024 yilda reja asosida quyidagi ishlar bajarildi: 1 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta monografiya, 33 ta uslubiy qo‘llanma nashr etilgan.

Keyingi ikki yilda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash keskin o‘sdi. Turli ilmiy kengashlarda 2023 yildan buyon fakultetning 1 nafar professor-o‘qituvchisi  doktorlik (DSc – Karimova Farida), 5 nafar o‘qituvchi PhD (O.Yuldashev, O.Husanxo‘jayev, O.Ahmadjonov, N.Saidaxmedova, D.Akmalova) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

N.Uluqov rahbarligida onomastik tadqiqotlar maktabi, prof. H.Usmonova rahbarligida pragmalingvistik tadqiqotlar maktabi, f.f.n., prof. K.Nosirov rahbarligida badiiy ijod va tarjima maktabi yuzaga keldi. Talabalar uchun to‘garaklar tashkil qilinib, ularning ilmiy-uslubiy ishlari fakultetda doimiy nashr etib kelinayotgan “Ilm ummonidan qatralar”, “O‘zbek filologiyasining dolzarb amaliy va nazariy masalalari”, “Adabiyot bo‘stoni” to‘plamlari, shuningdek, OAK ro‘yxatidagi jurnallar, konferensiyalar materiallarida e’lon qilib kelinmoqda. K.Nosirov rahbarligidagi "Lirik lahzalar" (“Заветная лира”) Ye.CHjen rahbarligida “Adabiy muhit” (“Литературная среда”) F.Karimova rahbarligida “G‘azalxon qizlar” D.Boboxonova “Notiqli san’ati”  D. Tojiboyeva “Adabiyot bo‘stoni” U.Qo‘ziyev “Yosh ijodkor”, Sh.Nabiyev “Rus tili bilimdonlari”  to‘garaklari  samarali faoliyat yuritadi.

  •  Ma’naviy-ma’rifiy sohada;

  • 80 nafar talabalar hududiy va Respublika miqiyosidagi tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan, xususan, O‘zbek tili  yo‘nalishi 1 bosqich talabasi X.Rahimberdiyeva “Doim hilpirab tur, bayrog‘im” insholar Respublika ko‘rik tanlovida  1-o‘rin;

  • Fakultetda talabalarning kasb-hunar,  sport, musiqa va til o‘rganishga oid qiziqishlarini muvofiqlashtirib borish maqsadida ota-onalar kengashi tashkil etilgan. Bu masalalar kurslar kesimida ota-onalar bilan kelishuv asosida olib borilmoqda. Bundan tashqari, Prezident topshirig‘iga binoan o‘rta maktablarda kasbga yo‘naltirish, fan to‘garaklari, kafedra filiallarini ochish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Byudjetdan tashqari mablag‘ jalb etish maqsadida fakultet qoshida tarjima va tahrir markazi tashkil qilingan, shuningdek, “Mashrab” nashriyoti (jami 6 million), UzChasys MCHJ (jami 3 million) bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalari asosida qo‘shimcha mablag‘ jalb etilgan.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image