team

Ismanova Odinaxon To'lqinboevna

Fakultet 1972 yildan boshlab Tabiiy fanlar fakulteti, Fizika-texnika fakulteti, Fizika-matematika fakulteti, Umumtexnika fanlari va badiiy grafika fakulteti singari nomlarda faoliyat ko`rsatib, 2020 yil 14 oktyabrdan boshlab Namangan davlat universiteti rektori S.T.Turg`unov tashabbuslari asosida Fizika fakulteti nomi bilan yuritib kelinmoqda.

Hozirgi kunda fakultetda Fizika hamda Fizika o`qitish metodikasi kafedrasi mavjud. Fakultetda 60530900-Fizika bakalavr hamda 70530901 - Fizika (yo`nalishlar bo`yicha), 70530905 – Yarimo`tkazgichlar fizikasi, 70530904 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof-muhit fizikasi mutaxassisligini beruvchi magistratura yo`nalishlari mavjud.

 Albatta universitet Rektori tomonlaridan fizika, matematika, kimyo, biologiya, ingliz tili va boshqa qator fanlarni o`qitilish sifatini nafaqat oliy ta’limda balki maktablardan boshlashimiz, Namangan tajribasini yaratishimiz lozimligi to`g`risidagi fikrlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi videoselektor  yig`ilishining  86-sonli bayoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi  PF-6108-sonli  “O`zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya,  ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi   Farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ 4884-sonli qarorini  ijrosi bo`lishi shubhasizdir. Shu yo`nalishda Fizika fakulteti professor-o`qituvchilari ham viloyatimizdagi 3 ta hududlarda tashkil etilgan fizika fani to`garaklarida va mahorat markazlarida maksadli ishlashni tashkil etish hamda hamkorlik faoliyatini tizimli ravishda yo`lga qo`yish ishlari tashkil etishmoqda. Masalan Namangan shahridagi 10, 16, 22-maktablar, Kosonsoy tumanidagi 12-maktab, Yangiqo`rg`on tumanidagi 17-maktablarda Fakultetning 13 nafar professor-o`qituvchilari Fizika fani o`qituvchilariga metodik yordam sifatida maktab o`qituvchilarini pedagogik salohiyatini oshirish, o`qitishning yangi metodikalarini joriy etish, fanlardan bilish darajasini rivojlantirishga yo`naltirilgan uslubiy qo`llanma, uslubiy ko`rsatma yaratish, fizikadan masalalar ishlashga ko`maklashish maqsadida mahorat darslari  tizimli ravishda joriy etildi. Bundan tashqari viloyatdagi 3 ta, Norin tumani “Mayishiy xizmat ko`rsatish va servis” texnikumi, Uychi tumanidagi “Jismoniy tarbiya va sport” texnikumi, To`raqo`rg`on tumanidagi “Agrosanoat” texnikumlari fakultetga biriktirilgan.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy soxalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo`lga qo`yilishi, mahallabay ishlash tizimini hayotga joriy qilishi aholi turmush tarzini yaxshilash,  ma’naviyatini yuksaltirish   va ularning  bugungi kundan rozi bo`lib yashashlari uchun mahalla va oliy ta’lim xamkorligi yo`lga qo`yilgan bo`lib, Fizika fakultetiga Namangan shahridagi “Baynalminal” MFY biriktirilgan. Ushbu mahalla bilan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda fakultetda Fizika va Fizika o`qitish metodikasi kafedralari faoliyat olib bormoqda. Fakultetda 26 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat olib borib, ularning 11 nafari fan nomzodi va dosentlar 6 nafari ПҳД va 9 nafari katta o`qituvchi va o`qituvchilardir.

Hozirgi vaqtda Fizika fakultetining kunduzgi ta’lim yo`nalishida 344 nafar, kechki ta’lim yo`nalishida 154 nafar, magistratura mutaxasisliklari bo`yicha esa 26 nafar magistrlar tahsil olib kelishmoqda.

Fakultet binosi  2019 yil to`liq ta’mirdan chiqarilgan bo`lib, Fizika yo`nalishi bo`yicha Germaniyadan keltirilgan zamonaviy o`quv laboratoriyalari bilan jihozlangan. Bugungi kunda mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, radioelektronika, elektrotexnika laboratoriyalari hamda 1 ta virtual laboratoriya xonalarida talabalar olgan nazariy bilimlarini amalda o`rganib, tajribalar asosida takomillashtib kelishmoqdaFakultetning professor-o`qituvchi hamda talabalari so`nggi yillarda turli sohalar bo`yicha qator yutuqlarga erishib kelishmoqda. Jumladan, so`nggi uch yil ichida 4 nafar professor-o`qituvchilar fizika-matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (ПҳД) ilmiy darajasiga erishdilar. Fizika kafedrasi o`qituvchisi A.Davlatov “O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi. O`n nafar professor-o`qituvchilar tayanch doktoranturaga kirib, fakultet ilmiy salohiyatiga o`zlarining xissalarini qo`shish uchun ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 

Bundan tashqari 2023 yilda Botirov Azimjon A’zamjon o`g`li va Toxirjonova Muattar Rasuljon qizi “Ulug`bek” stipendiyasi tanlovi g`olibi bo`ldilar.   

  Bugungi kunda jonkuyar professor-o`qituvchilar tomonidan fakultetning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy salohiyatni oshirish, fan olimpiadalari va tanlovlarda talabalarning yuqori natijali ishtirokini ta’minlash bo`yicha kerakli chora tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etib kelinmoqda. Ushbu say’ xarakatlar asnosida barcha fakultetning barcha ustozlari jamiyatimiz rivoji uchun bor kuch va g`ayratlari bilan mehnat qilib kelishmoqda.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image