
Jo'rayev Ro'zimat To'xtasinovich
Namangan davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilgan dastlabki yillarda universitetda zamon talablariga moc mutaxassisliklar ochishga alohida ye’tibor qaratildi. 1995 yili bahorida universitet rektori professor A. A’zamov, yu.f.n., dotsent A Sharipov va tarix fakulteti dekani B. Talapovlar tarix fakulteti tarkibida huquqshunos-pedagog yo’nalish ochish maqsadga muvofiq, - degan fikrni universitet Kengashiga kiritdilar, taklif bir ovozdan ma’qullandi. 1995 yil yozgi qabul davrida huquqshunos - pedagog yo’nalishiga 20 nafar talaba qabul qilindi. Dastlabki yillarda mazkur yo’nalish talabalariga dotsentlar A. Sharipov, B. Talapov, o’qituvchilar: O. Chuboeva, N. Boboxonov, J. Qahharovlar huquq fanlaridan saboq berishdi. Keyinchalik mazkur yo’nalishni yanada mustahkamlash maqsadida 1998 yili iyun oyida Huquqshunoslik kafedrasi tashkil yetildi. Bu kafedraga dastlabki yillarda tarix fanlari nomzodi Bahriddin Talapov, dotsentlar Fayzixon Akimbaeva va Shavkatjon Jo’rabaevlar mudirlik qilishdi. Yo’nalish talabalarning yildan-yilga ko’payishi barobarida professor-o’qituvchilar salohiyati ham ortib bordi. Ayni shu yillarda yuridik fanlari nomzodi Odiljon Azimov “Jinoyat huquqi va protsessi” kafedrasini, yuridik fanlari nomzodi Vohidjon Zohidov “Davlat va xuquq nazariyasi” kafedrasini boshqardi. Universitet rahbariyati, siyosiy fanlar doktori, rektor Tursunboy Fayzullaev boshchiligida ushbu yo’nalish negizida bo’lim va fakultet tashkil yetish, uning ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini mustahkamlash, yetakchi oliy o’quv yurtlaridan yuqori malakali kadrlar jalb qilish, mutaxassislik kafedralari, sud majlislari zali va kriminalistika xonalari ochish, fakultet kutubxonasini darslik va o’quv adabiyotlari bilan boyitish masalalariga alohida ye’tibor qaratildi. Ushbu jarayonlarni tashkil yetish vazifasi 1998-2002 yillari huquqshunoslik fakultetiga dekanlik kilgan B. Talapov va fakultet jamoasi zimmasiga tushdi. Dastlabki yillarda fakultetda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 1999 yil 2 iyunda tasdiqlangan V-380100 yo’nalishi davlat ta’lim standarti va namunaviy o’quv rejasiga muvofiq “Xuquqshunos-pedagog” bakalavri yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.
2001 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimizda huquqshunos kadrlar tayyorlash masalasiga alohida ye’tibor qaratdilar va ushbu yo’nalishda kadrlar tayyorlanayotgan barcha oliy o’quv yurtlari faoliyati atroflicha o’rganib chiqildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Vazirlik tassarufidagi oliy ta’lim muassasalarida huquqshunos kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to’g‘risida”gi 2002 yil 12 fevral 42-sonli buyrug‘iga asosan Namangan davlat universiteta Farg‘ona vodiysida yagona markazlashgan huquqshunos kadrlar tayyorlovchi o’quv maskaniga aylandi.
2002-2005 yillari huquqshunoslik fakultetiga yuridik fanlar doktori Yo’ldoshali Rahimov rahbarlik qildi. Bu yillarda Farg‘ona davlat universitetidan yuridik fanlari nomzodlari, dotsentlar Orol Ernazarov, Ahmadjon Jiyanov, Jumaho’ja Qozixo’jaev, Marafat Akaeva, katta o’qituvchilar Jumaboy Umarov, Xudoyberdi Holiqov, Komiljon Bokubaev, yosh o’qituvchilar: Furqat Sobirov, Oybek Rasulov, Inomjon Qo’ziboev, Axrorjon Jumabaev, Muhammadjon Isroilov, Xamdamjon Xakimovlar taklif yetilib, faoliyat ko’rsatishdi. O’sha yillari fakultetda faoliyat ko’rsatgan “Fuqarolik huquqi va protsessi” kafedrasiga yuridik fanlari nomzodi, dotsentlar Orol Ernazarov, Marafat Akaeva, “Jinoyat huquqi va protsessi ” kafedrasiga yuridik fanlar nomzodi, dotsent Ahmadjon Jiyanov va Jumaho’ja Qoziho’jaevlar rahbarlik qilishdi. 2005-2012 yillari huquqshunoslik fakultetiga yu.f.n., dotsent Mirzaaxmad Jiyanov dekanlik qildi. U samarali tashkilotchilik faoliyati bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo’shib olib bordi. Uning muallifligida 2 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar ye’lon qilindi. 2012 yili yozida A. Jiyanov yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini muvofaqqiyatli himoya qildi. Bu yillarda talabalarga chuqur nazariy bilim berish barovarida universitetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlash, ularda kasbiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish maqsadida fakultetda Yuridik klinika tashkil yetildi. Unga dastlabki yillarda yu.f.d. Y. Rahimov, keyinroq yesa katta o’qituvchi Abdujabbar Nishonov rahbarlik qildi.
Huquqshunoslik fakulteti faoliyat ko’rsatgan yillarda mazkur yo’nalishda bir qator iqtidorli talabalar tahsil olishdi. Bular “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohiblari: Rahimjon Xakimov, Natella Arutunyans, Jo’rabek Tojiev, Dadasher Jo’raboev, Komiljon Aliho’jaev, Timur Aliev, Farrux Malikov, Rustamjon Jalalov, Xotamjon Shomirzaev, Mo’minjon Jalilov va boshqalar. Huquqshunoslik yo’nalishi talabalari Respublika miqiyosida o’tkazilgan “Balli huquqshunoslar” ko’rik tanlovining 2011 yil g‘olibi, 2012 yil sovrindori bo’lishgan.
Ma'lumotlar
- Manzil: Namangan sh., Boburshox ko’chasi, 161 uy
- Qabul kunlari: har kuni, 15:00-17:00
- Email: namdu309@mail.com
- Telefon:Mavjud emas!