Iqtisodiyot fakulteti dekani
- Bosh sahifa
- Universitet
- Fakultetlar
- Narzullayev Noz...
Narzullayev Nozimjon Sobirjanovich
Iqtisodiyot fakulteti NamDU rektorining 2020 yildagi buyrug’iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti negizida tashkil etildi.
Fakultet tashkil etilgandan buyon unga f.m.f.n., dotsent T.Abdullayev, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) R.Imomovlar rahbarlik qilishgan.
Hozirda fakultetga iqtisodioyt fanlari nomzodi, dotsent Narzullayev Nozimjon Sobirjanovich rahbarlik qiladi.
Iqtisodiyot fakultetidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisliklari:
Fakultetda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanadi:
-
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
-
60310400-Iqtisodiy xavfsizlik;
-
60411300-Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo'yicha);
-
60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha);
-
60411700-Logistika (yo`nalishlar bo`yicha);
-
60412200-Moliya sohasida boshqaruv;
-
61010400-Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
-
61010100-Mehmonxona xo'jaligini tashkil etish va boshqarish;
-
70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha).
Fakultetda 34 ta akademik guruh mavjud bo’lib, ularda 733 nafar bakalavriat talabalari tahsil olmoqda. Iqtisodiyot fakulteti tarkibida 2 ta kafedra faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ular “Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi (16 nafar professor-o’qituvchi), “Menejment” kafedrasi (13 nafar professor-o’qituvchi) mavjud.
Iqtisodiyot fakultetida asosiy shtatda 30 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning 3 nafari fan nomzodi, dotsentlar, 6 nafari PhD, qolgani 21 nafarini katta o’qituvchi va o’qituvchilar tashkil etadi.
2022-2023 yilda Iqtisodiyot fakulteti professor-o’qituvchilari tomonidan OAK jurnallarida 42 ta va xorijdagi jurnallarda 52 ta ilmiy maqolalari nashr etildi.
Iqtisodioyt fakulteti professor-o’qtuvchilari va talabalarini yetakchi OTMlar bilan akademik almashinuv aloqalar o’rnatilgan.
Ma'lumotlar
- Manzil: Namangan sh., Bobur shoh ko’chasi, 161 uy
- Qabul kunlari: har kuni, 15:00-17:00
- Email: namdu309@mail.com
- Telefon:+99893 751 4555