team

Xaydaraliyev Shuxratjon Abdulazizovich

Dastlab fakultetda o‘zbek tilshunosligi kafedrasi faoliyat ko‘rsatgan, xolos. 1963 yilga kelib bu kafedradan o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi ajralib chiqqan. Talabalarga tarix va siyosat ilmidan ta’lim beradigan kafedra 1943 yilda Marksizm-leninizm asoslari tashkil etilgan. Kafedraga dastlab 1943-1963 yillarda M.Sh.Is'hoqov rahbarlik qilgan. 1963 yildan kafedraga iqtisod fanlari nomzodi, dots.nt To‘lqin Turdiyev rahbarlik qila boshlagan. 1965-1967 yillarda kafedrani boshqargan tarix fanlari nomzodi, dots.nt Yu. Rahmatullayev tarix ilmida teran bilimga ega shaxs bo‘lgan. Shu sababdan uning tashabbusi bilan marksizm-leninizm asoslari kafedrasi 2 ta mustaqil kafedraga KPSS va umumiy tarix va siyosiy iqtisod, falsafa kafedralariga bo‘lingan. Aynan shu o‘quv yilidan boshlab Namangan pedagogika instutitida tarixchi mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Yangi tashkil etilgan KPSS va umumiy tarix kafedrasiga 1967-1978 yillarda Bikmayev Yoqub Xasanovich rahbarlik qilgan. Domla 1978 yilda nafaqaga chiqqanlaridan so‘ng kafedra boshqaruvi t.f.n. Murxon Haydarovga topshirilgan. 1977-1984 yillardagi kafedraning faoliyati umumiy tarix sohasini mustahkamlashga qaratilgan. Bikmayev Ya.X. mudirlik davrida SSSR tarixi kafedrasi tashkil etilib, unga F.G‘afforov rahbar etib tayinlangan. Ammo, 1984 yilga kelib har ikki kafedra qayta birlashtirilib, SSSR va umumiy tarix kafedrasi tashkil etilgan. Unga zabardast olim Yo‘lchi Qosimov 1984-1987 yillarda rahbarlik qilgan.             

1986-1987 o‘quv yilidan Namangan pedagogika institutida tarix mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim berish vaqtincha to‘xtatilib, talabalar Farg‘ona pedagogika institutida tahsil olishni davom ettirganlar.

1990 yilga kelib tarix fanlari doktori, professor Ibrohim Yusupovning sa’yi harkatlari bilan tarixchi-jamiyatshunoslik mutaxasisligi bo‘yicha 25 nafar talaba qabul qilingan. Yo‘nalish 1990-1991 yillarda tarix-filologiya fakulteti tarkibida, 1991-92 yillarda tarix-geografiya fakulteti tarkibida, 1992-1993 yillarda yana tarix-filologiya fakulteti tarkibida  bo‘lgan. 1990 yili, shuningdek, tarixchi-jamiyatshunos mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi bo‘lim ham qayta tiklangan. 1989 yildan boshlab, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bilan, professor Odil Nosirov rahbarligida tarix-filologiya fakulteti qoshida xo‘jalik hisobida faoliyat yurituvchi eski o‘zbek va tillar kafedrasi tashkil etilgan.

1991 yil 1 sentyabr tarix yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun alohida yodda qolarli kun bo‘ldi. Chunki, shu kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan bo‘lsa, SSSR  va umumiy tarix kafedralari birlashtirilib yagona O‘zbekiston xalqalari tarixi kafedrasi tashkil etildi. Ushbu kafedraga t.f.d., prof. I.Yusupov rahbarlik qilib, bugungi kunda faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar shu kafedra asosida unib o‘sdilar.        

Barcha O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari qatori Namangan oliy dargohining ham taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevraldagi Farmoniga muvofiq Namagan pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununining tashkil etilganligi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Bu yuksak ishonch institutning professor-o‘qituvchilari, xodimlari, 6,5 mingga yaqin talabalar jamoasi zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklab, ilm sirlarini egallash orqali yosh mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga sidqidildan xizmat qilishga chorladi.

Namangan davlat universitetining tarix fakulteti 1993 yilning 1 sentyabridan alohida fakultet sifatida ajralib chiqib, Namangan shahrining eng muhtasham binolaridan biri sobiq Sanoat va qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga ko‘chib o‘tdi. Shu davrda fakultetda yagona kafedra O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi faoliyat yuritib, 152 nafar talaba tahsil olgan. 1993-1994 va 1994-1995 o‘quv yillarida fakultet salohiyatini kengaytirish maqsadida sharqshunos-tarixchi va sharqshunos-afrikashunos mutaxassisliklariga jami 18 nafar talabalar qabul qilingan.

1994-1995 o‘quv yilidan fakultetda ToshDU (hozirgi O‘zMU)dan taklif etilgan tarix fanlari doktori, professor ustoz Sultonmurod Soliyev rahbarligida Umumiy tarix kafedrasi tashkil etildi.

1999-2000 o‘quv yilidan umumiy tarix kfayedrasi Jahon tarixi kafedrasiga aylantirilgan bo‘lsa(mudir t.f.n.B.Isoqov), 2002-2003 o‘quv yilidan boshlab mustaqil Vatan tarixi kafedrasi tashkil etilgan (mudir I.Qo‘ziqulov). 2006 yilga kelib Vatan tarixi kafedrasi O‘zbekiston tarixi kafedrasiga aylantirilgan va mudir sifatida t.f.d., prof. A.Rasulov faoliyat olib borgan. Shu yillarda kafedraning hozirgi ilmiy salohiyatiga zamin yaratilib, 9 nafar professor-o‘qituvchilar nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganlar.

Ma'lumotlar

  • Manzil: Namangan shaxar, Boburshoh ko'chasi
  • Qabul kunlari: Haftaning har ish kuni, soat 15:00-17:00
  • Email: info@namdu.uz
  • Telefon:Mavjud emas!
image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image