Pedagogika fakulteti dekani
- Bosh sahifa
- Universitet
- Fakultetlar
- Raximov Ilxomjo...
Raximov Ilxomjon Abdullayevich
Namangan davlat pedagogika instituti 1942 yili Andijon o‘qituvchilar institutining shaxobcha tarmog‘i sifatida tashkil topgan bo‘lib 1944 yili mustaqil o‘quv yurtiga aylantirilgan. 1955 yilda Namangan davlat pedagogika instituti, 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 356-sonli qaroriga asosan ilmiy kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida Namangan davlat universitetiga aylantirildi.
Pedagogika - psixologiya fakulteti faoliyati universitetimiz tarixi bilan uzviy bog‘liq.
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 1945 yilda tashkil etilgan bo‘lib unga turli yillarda: dotsent A.F. Magazinnik, p.f.n. Z.Mirtursunov (1955-1958), R.Isomova (1945-1946), p.f.n.,dotsent A.Asqarov (1958-1978), dotsent A.Burxonov, Gʻ.Ubaydullayev (1969), p.f.d, professor A.Q.Munavvarov (1978-1996), V.I.Shegol, dotsent M.Xayitboyev, dotsent M.S.Nishonov (1993-2002), Gʻ.K.Jo‘raboyev A.X.Sattarov, B.Madaminov, O‘.Asqarova, M.Boltayevalar boshqarganlar.
2020 yilda pedagogika va psixologiya kafedrasi “Pedagogika-psixologiya” fakulteti bo‘lib ajralib chiqdi. Fakultetni pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Boltayeva boshqargan.
Fakultetda 3 ta asosiy kafedra faoliyat olib boradi. Pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi (mudir O‘.Asqarov), psixologiya kafedrasi (mudir A.Turg‘unboyeva) hamda ta’lim menejmenti kafedrasi (mudir Q.Shodmonov).
Pedagogika fakulteti 2023 yil 4 sentyabrda Pedagogika-psixologiya, Musiqa talimi va madaniyat va San’atshunoslik fakultetlarining optimallashuvi natijasida Pedagogika fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga Psixologiya kafedrasi, Pedagogika nazariyasi va tarixi kafedrasi, Menejment kafedrasi, Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi, Kasb ta’limi kafedrasi, Musiqa ta’limi va madaniyatshunoslik kafedralari biriktirildi. Fakultetni pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Boltayeva boshqarib kelmoqda.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: Dushanba 9:00-12:00, Juma 14:00-17:00
- Email: phdturaxanov@gmail.com
- Telefon:+99890 278 6892