team

Rasulov A`zamjon Avazjonovich

Organik kimyo kafedrasi 2020-yil 14-oktyabrda kimyo kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kimyo kafedrasi esa o‘z navbatida 1998-yilda tashkil etilgan. Birinchi bo‘lib kimyo kafedrasini tashkil etishda dotsent Y.R.Toshmatov va professor Sh.V.Abdullayevlar katta xissa qo‘shganlar. Bundan so‘ng dotsentlar O.Abdullayev, R.Dehqonov, o‘qituvchilardan Gʻ.Siddiqov va B.Tojiboyevlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Avvalgi yillarda kimyo kafedrasiga professor Sh.V.Abdullayev (1992-1998-yy), dotsentlar Y.Toshmatov (1998-1999-yy), R.Dehqonov (2000-2006-yy va 2008-2019-yy), M.Qodirxonov (2007-y), T.Saypiyev (2008-y), D.Xolmatov (2019-2020-yy), T.Saypiyev (2020-2022-yy) va A.Rasulov (2022-y) rahbarlik qilganlar. Hozirda Organik kimyo kafedrasiga A.Rasulov rahbarlik qilib kelmoqda. 

Kafedrada “5440400-Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, “5A440410-Bioorganik kimyo, tabiiy va fiziologik faol moddalar kimyosi” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlagan. Hozirgi kunda 60530100-Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, 70530101-Kimyo (fan yo‘nalishlari bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda.

Kafedrada asosiy shtatda 13 nafar professor – o‘qituvchi, jumladan, 2 nafar  fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi va  dotsentlar faoliyat ko‘rsatishadi. Ilmiy salohiyati 62 % ni tashkil yetadi. Bundan tashqari 6 nafar tayanch doktorant ilmiy pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmoqda. 

O‘tgan yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilarining mehnati evaziga kimyo yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olgan aspirant Abdullajanova Nodira – Prezident Davlat stipendiyasini, D.Xolmatov, S.Botirova, D.Xaydarova, O.Qosimova. F.Umarov, D.Barakayevalar  Ulug‘bek Davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldilar. 

Qisqa vaqtda Namangan davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bitiruvchilari mamlakatimizning turli ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari qatoriga qo‘shildilar. Jumladan, O‘zR FA Bioorganik kimyo institutida 30 dan ortiq bitiruvchilarimiz faoliyat olib borishmoqda. 

Kafedramiz olimlari xalqaro hamkorlik doirasida qator natijalarga erishib kelmoqdalar. Xususan kafedramiz dotsenti Olimjon Abdullayev 2015-2019-yillarda Xitoy fanlar akademiyasida faoliyat olib borib, Xitoy fanlar akademiyasining faxriy professori unvoniga ega bo‘ldi, bundan tashqari Xitoyda foaliyat olib borayotgan xorijlik olimlar tanlovida 1-o‘rinni egallab, oltin medal bilan taqdirlandi.

Namangan davlat universiteti kimyo yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilaridan 3 nafari Xitoy fanlar akademiyasiga qarashli turli ilmiy tekshirish institutlarida himoya qilgan. Ular orasida Jamshid Qodirxonov dunyoning top 100 talik reytingiga kiruvchi oliy ta’lim muassasida himoya qilganligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

D.Sattarova 2011/2012-yillarda UNESCO granti hisobidan, 2018-yil Iste’dod jamg‘armasidan Xitoy Fanlar akademiyasi Chanchun Amaliy kimyo institutidan ilmiy stajirovkada bo‘lib qaytgan.

Hozirgi kunda bitiruvchilarimizdan 3 nafari dunyoning top 100 talik reytingiga kiruvchi Fransiyaning Parij universitetlarida doktoranturada, 3 nafari Xitoy fanlar akademiyasi doktoranti, 1 nafari Polsha davlatida doktoranturada taxsil olmoqda. 

Bundan tashqari kafedralarimiz dunyoning top 300 talik universitetlari, xususan Germaniyaning Axen universiteti, Fransiyaning Parij PSL universiteti, Belgiyaning Antverpen universiteti, Niderlandiyaning Vrije universitetlari bilan ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik natijasida 2023-yil may-iyun oylarida M.Xakimov O‘zR Innovasion rivojlanish vazirligi granti hisobidan Niderlandiyaning Vrije universitetida 2 oylik ilmiy stajirovka o‘tab qaytdi.

2022-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 942-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi "Oliy ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash" loyihasi doirasida 350 ming AQSH dollari miqdoridagi zamonaviy o‘quv laboratoriya jixozlari olib kelinib, ishga tushirildi. Ushbu olib kelingan laboratoriya jixozlari eng so‘nggi rusumdagi jixozlar hisoblanib, xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarda turuvchi oliy ta’li muassalari laboratoriyalarida va ilmiy tekshirish markazlaridagina mavjud edi.

Bu yangi laboratoriya jixozlarining olib kelinishi kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni yanada chuqur bilim olishi va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. 

Ushbu laboratoriya yosh olimlarning ilmiy ishlari doirasidagi masalalarni hal etishda ham juda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Ushbu laboratoriyada olingan natijalar asosida o‘tgan o‘quv yilining o‘zida Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan yuqori impakt faktorli ilmiy jurnallarda 12 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Bundan tashqari bugungi kunda noorganik kimyo kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida davlat granti hisobidan turli ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda, jumladan, Xitoy xalq respublikasi bilan hamkorlikda 2023/2024 yillarga mo‘ljallangan “Xitoy va O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni kam uglerodli qayta ishlash uchun asosiy texnologiyalar va uskunalar tayyorlash” mavzusidagi xalqaro amaliy loyiha, “Antiadgeziv – kalsiy stearatning suvli supenziyasini tayyorlash texnalogiyasi” hamda “Import o‘rnini bosuvchi mahalliy xom-ashyolar asosida olingan po‘lat simlarni cho‘zish kompozitini yaratish texnologiyasi” mavzularidagi 2 ta start-up loyihalari bajarilmoqda. 

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image