team

Turaxanov Ummatali Davlatovich

Psixologiya kafedrasi Namangan davlat universiteti, Pedagogika fakultetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, 60310900-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) kunduzgi, 60310900-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) sirtqi, 5110203-Psixologiya (amaliy psixologiya) kunduzgi, 5110203-Psixologiya (amaliy psixologiya) sirtqi ta’lim yo‘nalishlari, 70310901-Psixologiya (faoliyat turlari buyicha) magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejasiga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish hamda tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.

Kafedra tarkibiga professor-o‘qituvchilar va xodimlar toifasiga kiruvchi kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyorlar hamda doktorant, mustaqil izlanuvchi, shuningdek, injiner-texnik va o‘quv-yordamchi xodimlar kiradi.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevralida 20-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Kafedra o‘quv va ilmiy jarayonlarni ta’minlovchi o‘quv xonalari va kabinetlar, o‘quv markazlar va boshqa bo‘linmalarga ega bo‘lishi mumkin.

Kafedra kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona (tashkilot)lar hududida filiallar tashkil etishi va ularning moddiy-texnika bazasidan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

Kafedra filiali faoliyati universitet  va korxona (tashkilot) o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image