team

Qo’ziyev Umidjon Yandashaliyevich

Namangan davlat pedagogika instituti (hozirgi NamDU) da o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Andijon o‘qituvchilar instituti negizida 1942-yil tashkil etilgan. Dastlab kafedraga filologiya fanlari doktori, prof.б O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Fattoh Abdullayev rahbarlik qilgan. 1947-yildan 1967-yilgacha dotsent Mirsalim Komilovich Sharipov mudirlik qilgan.

O‘sha yillarda kafedrada filologiya fanlari doktori, prof. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Fattoh Abdullayev, filologiya fanlari doktori, professor Abdug‘ani Aliyev, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Hoshimjon Sharipov, Sobirjon Tulyakov, Adhamjon Abdullayevlar, pedogogika fanlari nomzodi Oliyaxon G‘offorova, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Tojiboy G‘oziboev, O‘g‘ilxon Azimova, Salohiddin Jamolov, Odiljon Nosirovlar va boshqalar ishlaganlar. 

1985-1992-yillarda o‘zbek tilshunosligi kafedrasini filologiya fanlari doktori, professor Boyqo‘zi Turdaliyev, 1992-2000-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunboy Nu’monov, 2000-2013-yillarda filologiya fanlari doktori Hurnisa Usmonova, 2013-2014 o‘quv-yilida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Faridaxon Karimova boshqargan. 

1960-yillarda o‘zbek adabiyoti kafedrasida “Ijodiy jarayon va uslub individuialligi muammolari” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va ilmiy yuksalish-yillari bo‘ldi. 1954-yilda Tojiboy G‘oziboyev, 1961-yilda Salohiddin Jamolov, 1962-yilda O‘g‘ilxon Azimova, keyinroq Odiljon Nosirov, Nuriddin Boboxo‘jayev, Muhammadjon Ziyoviddinovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishgan.

1963-yilda esa kafedra negizida ikkita o‘zbek tilshunosligi va o‘zbek adabiyoti kafedralariga  tashkil etilgan. 

O‘zbek adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Tojiboy G‘oziboyev, O‘g‘ilxon Azimova, Salohiddin Jamolov, Odiljon Nosirov, Mahmudjon Ma’murov, Faridaxon Karimovalar mudirlik qilishgan.

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasiga turli yillarda F.Karimova (2012-2014), Sh.Abdurahmonov (2014-2019), N.Uluqov (2019-2020)lar rahbarlik qilishdi. Hozirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasiga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta o‘qituvchi Umidjon Qo‘ziyev mudirlik qilmoqda.

Hozirda kafedrada 17 nafar professor-o‘qituvchilar ishlamoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, 9 nafari fan nomzodi/PhD, dotsentlar, 2 nafari katta o‘qituvchi, 6 nafari o‘qituvchilardir. 

Kafedra qoshida “Yosh tilshunoslar” klubi faoliyat ko‘rsatadi.

Kafedra olimlari quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borishgan:

1. O‘zbek tili sintaksisi bo‘yicha: H. Usmonova;

2. O‘zbek tili terminologiyasi bo‘yicha: T.Nu’monov, M.Saidova;

3. O‘zbek tili tarixining yangi davri bo‘yicha: B.Turdaliyev;

4. O‘zbek tili leksikologiyasi bo‘yicha: N.Uluqov, SH.Abdurahmonov, M.Mamadaliyeva, U.Qo‘ziyev;

5. O‘zbek tili uslubiyati bo‘yicha: M.Iminov, A.Abdullayev, D.Boboxonova;

6. Ona tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha: M. Sobirova.

7. Onomastika masalalari bo‘yicha: N.Uluqov, H.Solixo‘jayeva, B.Yunusova, O.Yuldashev.

8. Zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha: N.Qozoqova, D.Ashurov, O.Husanxo’jayev.

Kafedra qoshida 70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) ixtisosligidan magistratura, 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligidan doktorantura va mustaqil izlanuvchilik yo‘nalishlari faoliyat yuritadi.

Shuningdek, PhD.03/04.06.2020. Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash OAKning 2020-yil  5-iyundagi № 159-son qarori bilan tasdiqlangan. Ilmiy kengashga 10.00.01 – “O‘zbek tili”, 10.00.02 – “O‘zbek adabiyoti”, 13.00.02 − “Ta’lim  va tarbiya nazariyasi va metodikasi  (o‘zbek tili)” ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilib olishga ruxsat etilgan. 2021-yilda 3 ta, 2022-yilda 4 ta, 2023-yilda 4 ta PhD dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. 

Kafedrada prof. N.Uluqov rahbarligida ilmiy maktab yaratilgan bo‘lib, “O‘zbek tilining dolzarb nazariy va amaliy masalalari” nomli ilmiy seminar faoliyati 2015-yildan faoliyat ko‘rsatib keladi. Prof. N.Uluqov rahbarligida respublika filolog olimlarining “Til va adabiyot masalalari” ilmiy to‘plami, yosh tadqiqotchilarning “Ilm ummonidan qatralar” ilmiy to‘plamlari nashr etib boriladi.

Kafedra dotsenti PhD. Ibrohim Darvishov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib boruvchi "O‘zbek shevashunosligi" muvofiqlashtiruvchi Markaz a’zosi sifatida ish olib boradi.

Kafedra professori, f.f.d. Hurnisa Usmonova O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyat “Olima ayollar uyushmasi” raisi vazifasida faoliyat ko’rsatmoqda. U “Mustaqillikning 25 yilligi” ko’krak nishoni hamda “Oliy ta’lim a’lochisi” ordeni sohibasi ham.

O’zbek tilshunosligi kafedrasida 2023-yil 26-28-oktyabr kunlari “Turkiy tillar onomastikasi tadqiqi:  yutuqlar, muammolar va vazifalar” mavzusida III Xalqaro onomastika simpoziumi bo’lib o’tdi. Simpozumda Turkiy, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston mamlakatlarining onomastika sohasi bilan shug‘ullanuvchi 60 nafar olimlari qatnashdi.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image