team

Dadaxanov Musoxon Xoshimxonovich

Kafedra 1972 yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi V. Q. Qobulov tashabbusi bilan ochilgan. Kafedra matematika, matematika va informatika yo‘nalishlarida dars olib borgan.

1992 yil 15 martdan boshlab Namangan davlat pedagogika instituti Namangan davlat universitetiga aylantirildi. 1993 yilning 1 sentyabrida universitet rektori Abdulla Azamovich A’zamov buyrug‘i bilan Algebra, informatika va hisoblash texnikasi kafedrasi bazasida Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi tashkil qilindi. Shu kafedra qoshida Amaliy matematika va informatika bakalavr yo‘nalishi ham ochildi. Kafedraga shu o‘tgan davr mobaynida quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilishgan:

Yillar

mudir familiyasi va ismi

1.

1972-1977 yillar

f.m.f.n, dos. Yo.Aminov

2.

1977-1982 yillar

f.m.f.n, dos. X.Olimov

3.

1982-1987 yillar

f.m.f.n, dos. O.Sahobov

4.

1987-1993 yillar

f.m.f.n, dos. S.Murodxo‘jayev

5.

1993 yil sentyab-dekabr

f.-m.f.d., prof. A. A. A’zamov

6.

1994 – 1998 yillar 

f.-m.f.n., dos. Q. O. Husanov

7.

1999-2005 yillar

f.-m.f.n., dos. A. I. Imomov

8.

2005-2006 yillar

f.-m.f.d., prof. M.I.Badalov

9.

2006-2013 yillar

f.-m.f.n., dos. B. T. Samatov

10.

2013 yil iyun-dekabr 

P.f.n. M. Yu. Eshnazarova 

11.

2014 yil yanvar-avgust

T.f.n. A. M. Mirzamov

12.

2014-2018 yillar 

P.f..n. N. A. Otaxanov

13.

2018-2020 yillar

M.X.Dadaxanov

14.

2020-2022 yillar

PhD Sh.K.Boltibayev

15.

2022 yil sentabrdan x.v.

PhD, dots. M.X.Dadaxanov 

 

Hozirda  kafedra universitet Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi qaroriga muvofiq – “Amaliy matematika va raqamli texnologiyalar”  nomi bilan faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda jami 28 nafar professor-o`qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan  6 ta fan nomzodi va bir qator yosh o‘qituvchilar ishlamoqda.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image