team

Komilov Doniyor Jo’rayevich

Biologiya kafedrasi 1975-yilda “Geografiya-biologiya” fakulteti qoshida tashkil etilgan. Kafedrada bitta “Biologiya” yo’nalishi bo’yicha o’quv-pedagogik, ilmiy pedagogik ishlar olib boriladi. O’tgan yillar mobaynida kafedaraga               F. Axmedbaeva (1975-1984), A. Dariyev (1984-1987), T. Voxidov (1986-1994), A. Valiyev (1994-1997), Sh. Tojiboev (1998-2000), V. Azizov (2000-2007),          I. Tog’aev (2007-2008), E. Ikromov (2008-2010), I. Tog’aev (2011-2012),            D. Dexqonov (2012-2015), O. Abdiyeva (2016-2017), A. Batoshov (2017-2022) va A. Ismatov (2022-2023) lar rahbarlik qilishgan. Hozirgi paytda kafedra            D. Komilov rahbarligida faoliyat olib borilmoqda.

Kafedraning ilmiy-pedagogik tarkibi va salohiyati: 

2 nafar fan doktori (DSc)

1 nafar fan nomzodi, professor

9 nafar biologiya bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsentlar

8 nafar katta oʼqituvchi, oʼqituvchi va stajyor oʼqituvchilarni tashkil etadi. 

Kafedraning ilmiy salohiyati 60% ni tashkil etadi.

Oʼquv-uslubiy faoliyat

Kafedra tashkil etilgan dastlabki yillardan boshlab, taʼlim yoʼnalishlari uchun oʼquv adabiyotlarni yangilash, toʼldirish va taʼlim jarayonlari moddiy bazasini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʼtgan yillar davomida quyidagi ishlar bajarildi:

Darslik.

1. Tuproqshunoslik va agrikimyo

O’quv qo’llanma.

1. Botanikadan amaliy mashg'ulotlar. (Tuban va yuksak o'simliklar sistematikasi);

2. Zoologiya (Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar);

3. Biokimyo va molekulyar biologiya;

4. O'simliklar fiziologiyasi;

5. Практический занятий по зоологии  позвоночных животьх; 

6. Hasharotlar aniqlagichi;  

7. Baliqchilik va uning afzalliklari va sohadagi imtiyozlari;

8. Физиологии растений.

Uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar.

  1. Tuban o'simliklar amaliy mashg'ulotlar; 

  2. Algologiya mikologiya;

  3. Mikrobiologiya va virusologiya laboratoriya mashg’ulotlari; 

  4. Biotexnologiya;

  5. Baliq kasalliklari;

  6. Краткий курс по Ботаника;

  7. Ботаника. Анатомия и морфология растений; 

  8. Yuksak o'simliklar sistematikasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlar;

Kafedraning asosiy yutuqlari

Kafedra professor-oʼqituvchilarining oʼtgan yillardagi ilmiy-pedagogik sohalardagi asosiy yutuqlari quyidagilardan iborat:

-fan doktori dissertatsiyasi himoyasi - D. Dexqonov. 2023 yil. 

-falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi – Yu. To’xtabayeva, A. Ismatov,               O. Imomov, Z. To’rayeva, M. Egamberdiyev 2021; D. Komilov 2022;                              R. G’ulomov 2022, H. Hoshimovlar 2023.

Kafedra stipendiya sohiblari:

-2021-2022 o‘quv yilida “Biologiya” yo‘nalishi talabasi Yusufjonova Munisa Abdumannob qizi “Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiya sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: PhD. Yu. To‘xtaboeva

-2022-2023 o‘quv yilida “Biologiya” yo‘nalishi talabasi Yusufjonova Munisa Abdumannob qizi “Prezident stipendiyasi” sohibi bo‘ldi. Ilmiy rahbar: PhD. Yu. To‘xtaboeva

Ilmiy faoliyat.

Kafedramizda ilmiy faoliyatga katta e’tibor beriladi. Kafedramizdagi to’liq shtatdagi o’qituvchilarimiz o’zlarining mutaxassisiliklari bo’yicha ilmiy faoliyatlarini, asosan O’zRFA Botanika instituti, Zoologiya instituti bilan hamkorlikni yo’lga qo’yganlar. Kafedrada “Bioxilma-xillikni Farg’ona vodiysidagi holati” mavzusida  ilmiy konferensiya o’tkazish bo’yicha tegishli ishlarni reja bo’yicha olib bormoqdalar. Kafedramiz O’zRFA Botanika instituti bilan hamkorlikda may oyida Namangan davlat universiteti bazasida Xalqaro darajada ilmiy konferentsiya  o’tkazish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan.

Ma'lumotlar

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image