
Lutfetdinova Ra'no Xusnetdinovna
“Boshlang’ich ta`lim metodikasi” kafedrasi Namangan davlat universitetida 1956-yildan boshlab faoliyat yuritib keluvchi professor-o’qituvchilar uyushmasidan biridir.
XX asrning 42-yillarida Namanganda muallimlar tayyorlovchi oliy bilimgohining tashkil etilganligi viloyatimiz madaniy va ma`rifiy hayotida muhim voqea bo’ldi. Bilimgoh tobora kengayib, rivoj topib bordi.
1962-yildan institutning sirtqi bo’limi orqali ham boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlashga kirishildi. Unga ishdan ajralmagan holda o’qiydigan 50 kishi o’qishga qabul qilindi. Keyingi yillarda sirtqi bo’limda tahsil oluvchi talabalar soni ortib bordi. 1967-1968-o’quv yilida sirtqi bo’limning boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi fakultetiga qabul 200 kishiga yetdi.
1991-1992-o’quv yilida sirtqi bo’limning boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi fakultetida 24 ta guruh tahsil olgan bo’lib, unda 700 ga yaqin talaba ishdan ajralmagan holda tahsil oldi. Sirtqi bo’limning boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi o’qituvchilari tayyorlash sohasini bir necha yillar davomida filologiya fanlari nomzodi A.Abdullayev boshqardi. 1976-yildan 1992-yilga qadar bu lavozimda filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Eshondadayev samarali faoliyat ko’rsatdi. 1992-yilga qadar sirtqi bo’lim orqali 3200 dan ortiq malakali boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlandi.
1966-1967-o’quv yilida kunduzgi bo’lim, boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi fakulteti mustaqil fakultet sifatida tarix-filologiya fakulteti tarkibidan ajralib chiqdi. Shu yili fakultetning 4 yillik guruhiga 50 nafar talaba o’qishga qabul qilinib, ular faqat boshlang’ich ta`lim metodikasi mutaxassisligi bo’yicha tahsil oldilar. 5 yillik guruhga qabul qilingan 50 nafar talaba esa boshlang’ich ta`lim metodikasidan tashqari, musiqa va tasviriy san`at fani o’qituvchiligi bo’yicha qo’shimcha ixtisosini egalladilar.
Fakultetning ana shu yillardagi bitiruvchilaridan A.Munavvarov – pedagogika fanlari doktori, professor; M.Yusupov – professor, B.Oripov va M.Hayitboyevlar – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent bo’lib yetishdilar. S.Turg’unov, A.Sheraliyev O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi degan sharafli unvonlarga ega bo’ldilar.
1966-1969-yillardagi kunduzgi bo’limning boshlang’ich ta`lim va metodikasi fakultetida filologiya fanlari doktori, professor A.Aliyev, 1969-1971-yillarda esa katta o’qituvchi Yo.Uzoqovlar dekan lavozimida faoliyat olib bordilar.
1980-yildan boshlab, boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi bo’limiga talabalar qabul qilish vaqtincha qisqartirilganligi sababli u filologiya fakulteti tarkibiga kiritildi. Filologiya fakultetiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.G’oziboyev, siyosiy fanlar doktori, professor T.Fayzullayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.Jamolovlar rahbarlik qildilar.
Yuksak malakali boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlashda har doim ham “Boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasi yetakchi kafedralardan biri bo’lib keldi. 1960-yilda mazkur kafedraga, ya`ni “Boshlang’ich ta`lim pedagogikasi va metodikasi” kafedrasiga asos solindi va unga dastlab filologiya fanlari nomzodi N.Boboxo’jayev mudir etib tayinlandi. Shundan so’ng 1961-1962-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.Jamolov, 1962-1966- yillarda tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Po’latov, 1966-1968-yillarda katta o’qituvchi Yo.Uzoqov, 1969-1974-yillarda biologiya fanlari nomzodi, dotsent F.Ahmadboyeva, 1980-yilda kafedra qayta tashkil etilib, 1980-1983-yillar mobaynida dotsent N.Boboxo’jayev, 1983-1997-yillarda professor M.Yusupov, 1997-2000-yillarda katta o’qituvchi N.Yusupov, 2000-2002-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarov, 2002-2003-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Qozoqov, 2004-2006-yillarda psixologiya fanlari nomzodi A.Rahmonov, 2006-2007-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.Nishonov, 2007-2011- yillarda esa pedagogika fanlari nomzodi A.Sobirov, 2011-2012-yillar pedagogika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi Y.Shaamirova, 2012-2013-yillar filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Hamidova, 2014-yil fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2014-2016-yillar A.Inomiddinov kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordilar. 2016-2017-yilllarda fizika-matematika fanlari nomzodi T.Abdullayev, 2017-2019-yillar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarov, 2019-2020-yillarda filologiya fanlari nomzodi, professor M.O.Hamidova, 2020-2021-yillar pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarov, 2021-yil kafedra ikkiga bo’lingan hplda birinchi kafedra “Boshlang’ich ta’limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi” deb nomlanib, 2021-2024-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.K.Sattarov, 2024-o’quv yilidan boshlab PhD, dotsent R..Lutfetdinova kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 19 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ularning 3 nafari PhD, 1 nafari professor, 2 nafari dotsent, 14 nafarini esa o’qituvchilar tashkil etadi.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni 09:00-17:00
- Email: ranolutfetdinova@gmail.com
- Telefon:+99891 360 5225