Aniq va tabiiy yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasi mudiri
- Bosh sahifa
- Universitet
- Kafedralar
- Najmitdinov Job...
Najmitdinov Jobir Zokirovich
Namangan davlat universiteti tashkil etilgan 1942 yildan 1961 yilga qadar Xorijiy tillar fakulteti bo`lmaganligi sababli, chet tili fani rus hamda o`zbek tillari kafedralari tassarufida o`qitib kelingan. Fakultetlararo chet tillar kafedrasi ilk bor 1961 yilda tashki topgan bo`lib, xizmat ko`rsatuvchi kafedra sifatida –sobiq Namangan davlat pedagogika institutining (ozirgi NamDU) barcha yo`nalishlari talabalariga Chet tillar ya`ni ingliz va nemis tillari fanidan saboq berib keladilar. 1966 yilda universitetda ingliz va nemis tili yo`nalishlariga qabul jarayoni boshlanib, mutaxassi schiqaruvchi kafedralar tashkil etildi hamda fakultetlararo chet tillar kafedrasi faoliyati to`xtatilib, o`qituvchilar chet tili fani soatlari mazkur kafedralar ixtiyoriga o`tkazildi. 1982 yili chet (ingliz va nemis ) tillar bo`yicha mutaxassis chiqaruvchi yo`nalishlariga qabul jarayoni to`xtatiladi va xizmat ko`rsatuvchi –ingliz tili hamda nemis tili kafedralari tashkil etilib,mazkur kafedralar professor-o`qituvchilari universitetning barcha ta`lim yo`nalishlariga 1980-1990 yillar davomida ingliz va nemis tillaridan mashg`ulot olib boradilar.
Mazkur yillarda kafedralarga Malikjon Shamsiddinov, Nurmatjon Ermatov, Saidumar Saydaliyev, Ne`matilla Otajonov, Ra`noxon Yo`ldasheva, Bahodir Bahromov,Yunusxon Sodiqovlar rahbarlik qilganlar.
1991 yilda chet tillar kafedrasi qayta tashkil etilib, u 1992 yil nemis hamda ingliz tili mutaxassisliklari qayta ochilishiga qadar faoliyat yuritadi.Ushbu davrda unga dotsent O`ktamjon Nurmatov rahbarlik qiladi. 1992-1996 yillar davomida mutaxassislik kafedralari hisoblangan ingliz hamda nemis tili kafedralari professor- o`qituvchilari universitetning barcha ta`lim yo`nalishlari talabalariga chet tili fanidan saboq beradilar.
1996 yilga kelib Namangan davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida Fakultetlararo chet tillar kafedrasi qayta tashkil qilindi va 14 yil davomida faoliyat ko`rsatdi. 2010 yilga kelib, kafedra o`qituvchilari va chet tili fani soatlari ingliz tili hamda nemis va fransuz tillari kafedralariga qo`shib yuborildi.O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 30 avgustdagi buyrug`iga ko`ra Namangan davlat universiteti yangi tashkiliy tuzilmasi asosida universitet faoliyati va boshqaruvini takomillashtirish maqsadida universitet kengashining 2014 yil 29 avgustdagi 1-sonli qarori va universitetning 2014 yil 2-oktabrdagi 77 V/O-sonli buyrug`i bilan Fakultetlararo nemis va ingliz tillari kafedrasi tashkil qilindi.
Universitet rektorining 2015 yil 2 mart sanasidagi 130 SH/T –sonli buyrug`i asosida kafedra professor-o`qituvchilari tarkibi tasdiqlandi. 2015 yil sentyabr oyidan 2021 yil yanvar oyigacha kafedra nomi Fakultetlararo chet tillar kafedrasi deb yuritib kelindi.
Ma'lumotlar
- Manzil: NamDU
- Qabul kunlari: har kuni, 09:00-17:00
- Email: info@namdu.uz
- Telefon:+99890 123 0000