Universitetda navbatdan tashqari Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Kengash yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish to‘g‘risidagi masala hamda Namangan davlat universiteti kafedralaridagi shtat birliklariga e’lon qilingan tanlovlar yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga belgilangan vazifalar yuklatildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image