Kengash yigʻilishida universitetning soha prorektorlari, boʻlim va markazlar boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda dekan oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida Namangan davlat universiteti akademik litseyi faoliyati muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, bugungi kunda akademik litseyda 851 nafar o‘quvchiga 79 nafar o‘qituvchi ta’lim va tarbiya bermoqda. Litseyda faoliyat yuritayotgan 79 nafar o‘qituvchidan 70 nafari (89 foizi) xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Akademik litseyning 2025–2026 o‘quv yili uchun belgilangan 442 nafar qabul kvotasi o‘rniga 3536 nafar talabgor hujjat topshirgani qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha akademik litsey Respublikadagi 94 ta akademik litsey orasida 2-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, 2024–2025 o‘quv yilida akademik litseyni bitirgan 415 nafar o‘quvchining bandligi 100 foiz, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi esa 99 foizni tashkil etdi. Bitiruvchilar orasidan 6 nafar o‘quvchi maksimal — 189 ball to‘plab, Prezident stipendiyasi nomzodi bo‘ldi. Bundan tashqari, 10 nafar bitiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

Hozirda tahsil olayotgan 851 nafar o‘quvchidan 312 nafari (36 foizi) chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatlarga, 602 nafari (71 foizi) esa umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlarga ega ekani ma’lum qilindi.

Universitet rektori akademik litsey faoliyatida erishilgan ushbu yuqori natijalarni ijobiy baholab, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini kuchaytirish hamda litsey faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha tegishli soha prorektorlari va mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. 

Shuningdek, akademik litseyning bir guruh o‘qituvchilari universitet rektori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image