Kengash yig‘ilishida universitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev tomonidan Davlat rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar, shuningdek, ushbu topshiriqlarning universitet miqyosida ijrosi holati yuzasidan atroflicha ma’ruza qilindi.

Shu bilan birga, Namangan davlat universitetining 2030-yilgacha mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi va «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish masalalari keng muhokama etildi. Universitet rektori ushbu strategik hujjatlar oliy ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni kuchaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Rektor har bir soha prorektori o‘ziga biriktirilgan tashkiliy tuzilma va faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda 2030-yilgacha bo‘lgan strategiya va «Yo‘l xaritasi» loyihalarini ishlab chiqishi, mazkur hujjatlarni kengash yig‘ilishida muhokamaga kiritishi zarurligini qayd etdi.

Shuningdek, kengash kun tartibidan o‘rin olgan Biotexnologiya fakultetida o‘quv, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kompleks o‘rganish natijalari ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida kompleks o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida Biotexnologiya fakulteti rahbariyati va tegishli mas’ullarga aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image