Kengash yig‘ilishida 2026-yilda qabul qilingan doktorant, tayanch doktorant hamda stajyor-tadqiqotchilarning ilmiy mavzulari va ilmiy rahbarlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masala doirasida ilmiy izlanishlarning dolzarbligi, tanlangan mavzularning universitetning ustuvor ilmiy yo‘nalishlariga mosligi hamda ilmiy rahbarlarning salohiyati yuzasidan tegishli axborotlar tinglandi.
Shuningdek, universitet qoshida faoliyat yuritayotgan “Mebel sexi” tomonidan Yuksalish massivida barpo etilayotgan yangi 800 o‘rinli talabalar turar joyi uchun mebel va jihozlar tayyorlash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish, tayyorlanayotgan jihozlarning sifat talablariga to‘liq mosligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, universitet Xotin-qizlar kengashi hamda Yoshlar ittifoqi kengashining 2025-yil yakunlari va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor rejalari to‘g‘risidagi masalalar kengash a’zolari e’tiboriga havola etildi. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Kun tartibidan o‘rin olgan barcha masalalar kengash a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishining tegishli qarorlari qabul qilindi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.