Asosiy kontentga o'tish

Universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim va markazlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kengash yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Dastlab, universitet rektori tomonidan yangi o‘quv yilida istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb va ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishda universitet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Kengash kun tartibidan o‘rin olgan 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonining borishi va bitiruvchilar bilan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Namangan davlat universiteti kafedralaridagi shtat birliklari bo‘yicha e’lon qilingan tanlovlar masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur yo‘nalishlar yuzasidan mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image