
Kirgizbayev Abdug‘affor Karimjonovich
Tarix fanlari doktori, professor
Qirg’izboyev Abdug‘affor Karimjonovich 1962-yil 10-avgust kuni Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 1985-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlab, tarix fani o‘qituvchisi kvalifikasiyasini olgan.
U 1985-1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani o‘qituvchisi, 1986-1988-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlar tarixi muzeyida ilmiy xodimi, 1989-1992-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida aspirant, 1992-1992 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992-1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi, 1993-1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan muovini, institut Kasaba uyushmasi raisi o‘rinbosari, 1996-2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998 yildan, Pedagogika universiteti) rektorining Ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2004-2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005-2009-yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Ma’naviy-ahloqiy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i, 2010-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2015-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi, 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining raisi, 2019 -2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri, 2021-2025-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan.
Qirg’izboyev Abdug‘affor Karimjonovich 2025 yil 7-maydan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Abdug‘affor Karimjonovich 2005 yilda “O‘zbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi” mavzusida doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini, 2016 yilda professor ilmiy unvonini olgan Qirg’izboyev Abdug‘affor Karimjonovich yurtimizda yashab, faoliyat yuritgan buyuk ajdodlarimiz, o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analarini targ‘ib qilish, o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan.
Ma'lumotlar
- Manzil: 160107, Boburshox ko'chasi, 161 uy, 2-qavat.
- Qabul kunlari: Chorshanba soat 15:00 dan 17:00 gacha
- Email: rektor@namdu.uz
- Telefon:+99869 228 8511