Prezidenе Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdi. 

Jumladan, mamlakatimizning 14 ta hududi videoaloqa orqali ushbu jarayonga ulanib, joylarda keng ko‘lamli ko‘chat ekish va yashil hududlar barpo etish ishlari boshlab yuborildi.

Xususan, Namangan viloyatida ham loyiha doirasida “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududida yangi yashil maydonlar tashkil etish, hududni obodonlashtirish va ekologik muhitni yanada yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘chat ekish tadbirida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyat faollari ishtirok etdilar. Shuningdek, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalardan iborat jamoa ushbu ekologik tashabbusda faol qatnashib, hududda ko‘plab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarini amalga oshirdilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image