Namangan davlat universitetining “NamDU ilmiy axborotnomasi-Научный вестник НамГУ” jurnali 2019-yildan boshlab quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha OАK dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:
🔺01.00.00- Fizika-matematika fanlari (14);
🔺02.00.00- Kimyo fanlari (18);
🔺03.00.00- Biologiya fanlari (17);
🔺09.00.00- Falsafa fanlari (24);
🔺10.00.00- Filologiya fanlari (26);
🔺13.00.00- Pedagogika fanlari (30);
👨💻 Maqolalar to‘liq rasmiy veb sahifa orqali qabul qilinadi: journal.namdu.uz (https://journal.namdu.uz/)
📑 Axborot xati bilan tanishish (https://my.namdu.uz/media/posts/image/2026/04/06/NamDU-75426a4d-0257-44e0-847b-a01069299039.pdf )
📆 Maqolalar 6-apreldan 26-aprelgacha qabul qilinadi(Ushbu muddat platformaning ish faoliyatiga qarab uzaytirilishi mumkin).
Ma’lumot uchun: “NamDU ilmiy axborotnomasi – Научный вестник НамГУ” jurnali O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 17.05.2016-yildagi 08-0075 -raqamli guvohnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan 2020-yil 29-avgust kuni 1106-sonli guvohnomaga binoan chop etiladi. “NamDU Ilmiy Axborotnomasi” elektron nashr sifatida xalqaro standart turkum raqami (ISSN-2181-1458) ga ega.
❗️ Eslatma: Maqolalarning ilmiy saviyasi va keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar hisoblanadi. Jurnal har oyda o‘zbek, rus va ingliz tillarida elektron shaklda chop etiladi.